Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema fosh etildi 

Bosh prokuratura Departamenti tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan jinoiy guruh Koreya davlatiga mehnat muhojiri sifatida ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema yaratib, 35 nafar fuqarodan jami 263,5 ming AQSH dollari noqonuniy olinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tergovda: Koreyaga ishga yuborish uchun jinoiy guruh tomonidan rasmiy to‘lovlardan tashqari firibgarlik yo‘li bilan 7-12 ming AQSH dollardan qariyb 90 mln AQSH dollari yig‘ilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda, Koreyaga ishga yuborilmagan 600 dan ziyod fuqarodan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, undirish choralari ko‘rilmoqda.

Bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boshqalari 230 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborishlari evaziga 580 ming AQSH dollari, Koreyaga yuborilgan 1 000 nafar fuqarodan noqonuniy ravishda 5,6 mln AQSH dollari jami 45 mln AQSH dollarini olganliklari ma’lum bo‘ldi.


Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar, agarda Siz va yaqinlaringiz ushbu uyushgan jinoiy guruh faoliyatidan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, bu haqida zudlik bilan Bosh prokuratura Departamentining 71-233-10-07 raqamli ishonch telefoni orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz.

Murojaatchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝21👍1🔥1


Aholi murojaati e’tibor markazida


Bugun Nurafshon shahri Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar uchun qabul tashkil etildi. Unda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi tegishli mas'ullar, hokim o‘rinbosari N.Djumanova, Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi rahbari Z. Maxsudova hamda tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqaroning murojaatlari tinglandi. Unda moddiy yordam, kadastr,tibbiyot, shuningdek, qurilish masalalari yuzasidan murojaatlar o'rganildi.


🏷Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3


🇺🇿 Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev tomonidan 9-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchi o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda 25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tartibli, xavfsiz va yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda turli noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ota-onalarga farzandlari ustidan nazoratni kuchaytirish, bayram kunlarida mas’uliyatni oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan muhim tavsiyalar bildirildi.


Tadbirda ta’lim muassasasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi va xavfsizligini ta’minlash borasida birgalikda ishlash zarurligi ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Mahalla yoshlari bilim sinovlarida bellashdi

🖐 Mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” ning "Zakovat" yo'nalishida sektor bosqichi bo'lib o'tdi. Jumladan, “Dehqonobod” mahallasida joylashgan 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ma’rifat”, “Dehqonobod”, “Nurafshon” hamda “Yangiobod” mahallalaridan tashrif buyurgan faol va bilimdon yigit-qizlar bilim bahsida ishtirok etishdi.

Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo'nalishlardagi mantiqiy savollar bo‘yicha o‘z bilim hamda tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yoshlar jamoaviy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va bilimga chanqoqlik borasida o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.


Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni kitobxonlikka va mustaqil fikrlashga keng jalb etish, shuningdek, mahallalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1


Yoshlar bilan jonli muloqotlar davom etmoqda

Davlat rahbarining tashabbusi bilan payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan so‘ng, Nurafshon shahrida mutasaddi rahbarlar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotlar an’anaga aylandi.

🔸Jumladan bugun Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.


✅️Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbus va murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1