Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Aholi murojaati e’tibor markazida


Bugun Nurafshon shahri Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar uchun qabul tashkil etildi. Unda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi tegishli mas'ullar, hokim o‘rinbosari N.Djumanova, Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi rahbari Z. Maxsudova hamda tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqaroning murojaatlari tinglandi. Unda moddiy yordam, kadastr,tibbiyot, shuningdek, qurilish masalalari yuzasidan murojaatlar o'rganildi.


🏷Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3


🇺🇿 Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev tomonidan 9-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchi o‘quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda 25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tartibli, xavfsiz va yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda turli noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ota-onalarga farzandlari ustidan nazoratni kuchaytirish, bayram kunlarida mas’uliyatni oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan muhim tavsiyalar bildirildi.


Tadbirda ta’lim muassasasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi va xavfsizligini ta’minlash borasida birgalikda ishlash zarurligi ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Mahalla yoshlari bilim sinovlarida bellashdi

🖐 Mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” ning "Zakovat" yo'nalishida sektor bosqichi bo'lib o'tdi. Jumladan, “Dehqonobod” mahallasida joylashgan 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ma’rifat”, “Dehqonobod”, “Nurafshon” hamda “Yangiobod” mahallalaridan tashrif buyurgan faol va bilimdon yigit-qizlar bilim bahsida ishtirok etishdi.

Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo'nalishlardagi mantiqiy savollar bo‘yicha o‘z bilim hamda tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yoshlar jamoaviy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va bilimga chanqoqlik borasida o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.


Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni kitobxonlikka va mustaqil fikrlashga keng jalb etish, shuningdek, mahallalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1


Yoshlar bilan jonli muloqotlar davom etmoqda

Davlat rahbarining tashabbusi bilan payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan so‘ng, Nurafshon shahrida mutasaddi rahbarlar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotlar an’anaga aylandi.

🔸Jumladan bugun Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.


✅️Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbus va murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1