Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Yoshlar bilan jonli muloqotlar davom etmoqda

Davlat rahbarining tashabbusi bilan payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan so‘ng, Nurafshon shahrida mutasaddi rahbarlar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotlar an’anaga aylandi.

🔸Jumladan bugun Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.


✅️Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbus va murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


“Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv

Nurafshon shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar uchun hunarmand va duradgor ustalar faoliyati bilan tanishtiruvchi uchrashuv tashkil etildi.

Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev boshchiligida tashkil qilingan ushbu tadbir orqali yoshlar hunarmand va duradgorlarning ish jarayonini yaqindan kuzatib, ularning mehnat faoliyati, kasb sir-asrorlari bilan tanishdilar.


Shuningdek, qatnashchilar maxsus ustaxonalarga sayohat qilib, milliy hunarmandchilik an’analari hamda zamonaviy mehnat muhitini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mazkur uchrashuv yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mehnatsevarlik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda intensiv sanoatlashgan bog‘larni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам увеличения числа интенсивных садов промышленного типа в регионах.

#Mirziyoyev #yigilish #qishloqxujaligi #bogdorchilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Eng ibratli oilalar taqdirlandi


Bugun Nurafshon shahridagi Nuroniylar maskanida “15-may — Xalqaro oila kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Nilufar Normirzayeva hamda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, shahardagi 11 ta namunali oilaga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirildi.


Taqdirlash jarayonida shahar faollari, nuroniylar, mahalla ahli hamda yosh oilalar qatnashib, jarayon ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, milliy an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, mehmonlar uchun samimiy muloqot va iliq suhbatlar tashkil etildi, dasturxon yozildi. Yakunda ibratli oilalarning jamiyatdagi o‘rni hamda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati alohida e’tirof etildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥1👏1


E-auksion platformasida Nurafshon shahri hududidan ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 511 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sana

Bugun, 15-may — Xalqaro oila kuni!

Oila
jamiyatning tayanchi, mehr-muhabbat, tarbiya va ezgulik maskanidir. Inson qalbida vatanparvarlik, hurmat, oqibat va sadoqat kabi eng yuksak fazilatlar aynan oilada shakllanadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 15-may sanasi 1994-yildan buyon butun dunyoda Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.


Mazkur sana jahon hamjamiyati e’tiborini oilaviy qadriyatlarni asrash, oila institutini mustahkamlash hamda bu boradagi dolzarb masalalarga qaratishga xizmat qiladi.

Yurtimizda ham oilaga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 15-may sanasi har yili mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda.

Aziz Toshkent viloyati ahli!

Sizlarni Xalqaro oila kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Har bir xonadonda tinchlik-osoyishtalik, mehr-oqibat, fayzu baraka va baxt-saodat bardavom bo‘lsin!

Zero, Oila tinch bo‘lsa – jamiyat barqaror bo'ladi!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1