Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#xushxabar
Artur Guliyev — Jahon kubogi g‘olibi!
Germaniyaning Brandenburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi davom etmoqda.
Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi 200 metr masofaga kanoe yo‘nalishida kechgan bahslarida viloyatimiz sportchisi nurafshonlik Artur Guliyev yuksak natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Vakilimiz final poygasida 38.44 soniya natija ko‘rsatib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Mazkur muvaffaqiyat oʻzbek eshkak eshish sportining xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Artur Guliyev — Jahon kubogi g‘olibi!
Germaniyaning Brandenburg shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi davom etmoqda.
Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi 200 metr masofaga kanoe yo‘nalishida kechgan bahslarida viloyatimiz sportchisi nurafshonlik Artur Guliyev yuksak natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Vakilimiz final poygasida 38.44 soniya natija ko‘rsatib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
🥇 Artur Guliyev (Oʻzbekiston) — 38.44
🥈 Pablo Grana (Ispaniya) — 38.63
🥉 Sergey Svinarev (Rossiya) — 39.09
Mazkur muvaffaqiyat oʻzbek eshkak eshish sportining xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2👍1
Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi
❗️Nurafshon ShET va O‘rta Chirchiq TET ma’lum qiladiki, N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3 dan chiquvchi “Qorasuv” XEL-6 kV tarmog‘ida avariyaviy holatlarning oldini olish hamda tarmoqni yuksizlantirish maqsadida qo‘shimcha tarmoq tortish ishlari olib borilishi munosabati bilan 16-may kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.
⏰ 08:00 – 12:00 ("Oybek", "Obod turmush", "Muqimiy", "Dehqonobod", "Navro‘z", "Qumariq" MFY lari.)
Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎2👏1👌1🤝1
SHOU-KONSERT DASTURIGA MARHAMAT!
17-may kuni soat 19:00 da Nurafshon shahri markazidagi bog‘da “Yurtim munavvar oqshomlari” nomli madaniy-ma’rifiy hamda ko‘ngilochar dastur bo‘lib o‘tadi.
✅ Mazkur badiiy kechada Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan siz aziz muxlislar uchun yorqin chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va unutilmas konsert dasturi taqdim etiladi.
🕖 Vaqt: 19:00
🎟 Kirish mutlaqo bepul!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish hamda jismoniy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Ayollar sport olimpiadasi” musobaqasi tafsilotlari “NURAFSHON TV” telekanali nigohida.
#OAV_nigohida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1👏1
1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
Hukumatning tegishli qarori (243-son, 15.05.2026-y) bilan 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, I va II guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘m etib belgilandi. IV guruh iste’molchilari uchun ham elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘mni tashkil etadi.
III guruh, shu jumladan aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlab qolindi.
Xususan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylar va yotoqxonalarda yashovchi aholi uchun:
➖ oyiga 200 kVt soatgacha — 325 so‘m;
➖ 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 450 so‘m;
➖ 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 550 so‘m etib belgilandi.
Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa:
➖ oyiga 200 kVt soatgacha — 650 so‘m;
➖ 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 900 so‘m;
➖ 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 1 ming 100 so‘m bo‘ladi.
Yuqori hajmdagi iste’mol uchun oshirilgan koeffitsiyentli tariflar saqlanib qoladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎3
Forwarded from O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar IIB boshlig‘ining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 17-may kuni soat 11:30 da Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashev tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
Qabul jarayonida fuqarolar ichki ishlar sohasiga oid masalalar, mavjud muammolar hamda takliflar bilan bevosita murojaat qilishlari mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎2
Aholi murojaatlari tinglanib, muammolar bartaraf etilmoqda
"Obod turmush" mahallasida bo‘lib o‘tgan qabulda mahalla fuqarolari oʻzlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan yuzlanishdi.
Qatnashchilar tomonidan asosan huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini taʼminlash, yoʻl harakati xavfsizligi, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar esa belgilab olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2