Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish hamda jismoniy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Ayollar sport olimpiadasi” musobaqasi tafsilotlari “NURAFSHON TV” telekanali nigohida.

#OAV_nigohida

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


🖐“Besh tashabbus olimpiadasi doirasida tashkil etilgan shashka-shaxmat musobaqasining shahar bosqichi yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada shashka turi bo‘yicha 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifalaridagi ishtirokchilar o‘zaro murosasiz bahslarda bellashdilar. Shuningdek, shaxmat yo‘nalishida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar aql-zakovati, strategik fikrlashi hamda yuksak iste’dodlarini namoyon etib, musobaqaga yanada yuqori ruh bag‘ishladilar.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlanib, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar.

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1


1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi


Hukumatning tegishli qarori (243-son, 15.05.2026-y) bilan 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, I va II guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘m etib belgilandi. IV guruh iste’molchilari uchun ham elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘mni tashkil etadi.

III guruh, shu jumladan aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlab qolindi.

Xususan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylar va yotoqxonalarda yashovchi aholi uchun:
oyiga 200 kVt soatgacha — 325 so‘m;
201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 450 so‘m;
501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 550 so‘m etib belgilandi.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa:
oyiga 200 kVt soatgacha — 650 so‘m;
201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 900 so‘m;
501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 1 ming 100 so‘m bo‘ladi.

Yuqori hajmdagi iste’mol uchun oshirilgan koeffitsiyentli tariflar saqlanib qoladi.

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NO COMMENT: Nurafshon shahar "Evalak" qabristonida katta hashar tashkil qilindi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahar IIB boshlig‘ining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi


Joriy yilning 17-may kuni soat 11:30 da Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashev tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.

Qabul jarayonida fuqarolar ichki ishlar sohasiga oid masalalar, mavjud muammolar hamda takliflar bilan bevosita murojaat qilishlari mumkin.

📍Mazkur qabul "Obod turmush" mahallasida bo‘lib o‘tadi.

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 1-iyun kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan tabiiy gaz tariflari hisobi haqida ma’lumot

———

О расчете тарифов за природный газ, установленных с 1 июня 2026 года для бытовых потребителей (население)


Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎2


Aholi murojaatlari tinglanib, muammolar bartaraf etilmoqda


🇺🇿Nurafshon shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Yuldashev tomonidan shahar aholisi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularga qonuniy yechim topish maqsadida sayyor tarzda qabul oʻtkazildi.

"Obod turmush" mahallasida bo‘lib o‘tgan qabulda mahalla fuqarolari oʻzlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan yuzlanishdi.


Qatnashchilar tomonidan asosan huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini taʼminlash, yoʻl harakati xavfsizligi, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

✅️Har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, ularning ayrimlari joyida hal etildi. Jumladan, ikki nafar ishsiz yoshning bandligini taʼmirlash bo‘yicha tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlar esa belgilab olindi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2