Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “Muqimiy” mahallasi aholisi uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Tibbiy ko‘rik jarayonlariga oilaviy shifokorlar, tor soha mutaxassislari, shuningdek laborator-instrumental tekshiruv xizmatlari jalb qilinib, aholiga ultratovush hamda elektrokardiogramma diagnostik tekshiruvlari o‘tkazildi.
✅ Ko‘rik davomida fuqarolar salomatligi chuqur o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida yuqumsiz kasalliklar profilaktikasiga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
Jumladan, tibbiy tekshiruvdan o‘tgan fuqarolarga qandli diabet kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, oldini olish choralari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👎1
Bugun Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Mansur Xudaykulov tavallud topgan kun
Hurmatli Mansur Umirzakovich!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Shahrimiz ravnaqi, ijtimoiy barqarorlik va xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiq. Kelgusida ham faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!
Sizga yuksak hurmat va ehtirom bilan, Nurafshon shahri hokimligi jamoasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3👎2👏2🤝1
Juda past foizli yoki umuman foizsiz kredit olish, pul yutib olish kabi xabarlar — bu firibgarlarning navbatdagi aldov usulidir. Bunday “qopqonli” e’lonlarga ishonib qolmang!
✅ Diqqat! Firibgarlarning aldovli xabarlariga ishonmang.
“Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi!”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
RASMIY MUNOSABAT
Joriy yilning 13-may kuni “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan “Mo‘may daromad yoki ma’naviy boylik?” sarlavhali maqola yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Nurafshon shahar hokimligi tomonidan shaharda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, zamonaviy kutubxona infratuzilmasini yaratish hamda aholining ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
✅ Telegram | 📹 YouTube |🌐 Instagram |✅ Facebook
Joriy yilning 13-may kuni “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan “Mo‘may daromad yoki ma’naviy boylik?” sarlavhali maqola yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Maqolada tilga olingan Nurafshon shahri, To‘ytepa mahallasi, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 125-uy manzilida joylashgan bino 1970-yillarda qurilgan bo‘lib, uzoq yillar davomida O‘rta Chirchiq tumani markazlashgan kutubxonalar tizimi tasarrufida kutubxona sifatida faoliyat yuritgan. 2013-yilda hukumatning tegishli qaroriga muvofiq Markazlashgan kutubxonalar tizimi faoliyati tugatilib, uning negizida ta’lim muassasalarida Axborot-resurs markazlari tashkil etilgan. Shu munosabat bilan mazkur kutubxona ham Nurafshon shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabiga ko‘chirilib, Axborot-resurs markazi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyuldagi 390-F-sonli qarori hamda Toshkent viloyati hokimining 39-10-0-F/21-sonli farmoyishiga muvofiq mazkur bino Toshkent viloyati Dori-darmon aksiyadorlik jamiyatiga mulk huquqi asosida foydalanish uchun berilgan. Hozirgi kunda ushbu obyektdan maxsus dori vositalarini saqlash ombori sifatida foydalanib kelingan.
Shuningdek, 2017-yilda Nurafshon shahri O‘rta Chirchiq tumani tarkibidan ajratilib, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanganidan so‘ng shaharning yangi bosh rejasi (genplan) ishlab chiqilgan. Mazkur bosh reja asosida shahar hududlarini izchil rivojlantirish, zamonaviy ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda shaharsozlik me’yorlariga qat’iy rioya etish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Shu munosabat bilan, avval kutubxona faoliyat yuritgan mazkur manzilda kutubxona binosini qayta tiklash rejalashtirilmagan. Biroq shaharning bosh rejasiga muvofiq, yangi zamonaviy kutubxona Nurafshon Business City hududida barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur maskan transport va piyodalar qatnovi nuqtai nazaridan aholi uchun qulay joylashuvga ega bo‘lib, zamonaviy loyiha asosida bunyod etiladi.
Yangi kutubxona zamonaviy axborot-resurs markazi sifatida shakllantirilib, kitobxonlar uchun keng imkoniyatlar yaratadigan, yoshlarning bilim olishi, izlanishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladigan zamonaviy ma’naviy-ma’rifiy maskanga aylantiriladi.
Ayni paytda Nurafshon shahrida aholi, ayniqsa yoshlarning kitob mutolaasi bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan, Yoshlar markazida 5 mingdan ortiq kitob fondiga ega Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi filiali hamda Toshkent viloyati Yozuvchilar uyushmasi huzurida 2 mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona faoliyat yuritib kelmoqda.
Nurafshon shahar hokimligi tomonidan shaharda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, zamonaviy kutubxona infratuzilmasini yaratish hamda aholining ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Adabiyotga oshno qalblar uchrashuvi
🏷 Uchrashuv jarayonida adib tomonidan ijod, kitobxonlik, vatanparvarlik hamda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi haqida qimmatli fikr va tavsiyalar bildirildi. O‘quvchilar yozuvchining hayoti va ijodiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar ijodkorning she’rlaridan namunalar o‘qib, badiiy chiqishlar orqali yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Probatsiya nazoratidagilar uchun yangi ish o‘rinlari yaratildi
🟣 Mazkur tadbirda Toshkent viloyati IIBB JXX Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik S. O‘ktamov ishtirok etib, jarayonlarni bevosita kuzatdi hamda ishtirokchilarga yaratilayotgan imkoniyatlarni o‘rgandi.🟣 Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida jami 5 ta korxona va tashkilot tomonidan 22 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, mavjud vakansiyalar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🔹Yarmarkaga 7 nafar mahkum jalb etilib, ularning 4 nafari ish bilan ta’minlandi, 2 nafariga huquqiy maslahat berildi, 1 nafariga esa ishga yo‘llanma taqdim etildi. Bunday tadbirlar fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularni jamiyatga moslashtirish hamda bandlik darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#yoshlar_kuni
Cyber university talabalari bilan raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt mavzusida uchrashuv tashkil etildi
Toshkent viloyati hokimining sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi Komiljon Xamidjonov tashabbusi bilan dasturlash va zamonaviy texnologiyalar olamiga katta qiziqish bildirayotgan iqtidorli yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida bugungi raqamli davrning eng dolzarb mavzulari yuzasidan fikr almashilib, yoshlar uchun muhim tavsiya va yo‘nalishlar berildi.
Suhbat davomida dunyo miqyosida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgan innovatsion startap g‘oyalari, IT sohasidagi eng so‘nggi va istiqbolli texnologiyalar, sun’iy intellekt (AI), Machine Learning hamda raqamli yechimlarning kelajakdagi o‘rni, shuningdek, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar, zamonaviy kasblar va o‘sish yo‘llari yuzasidan keng fikr almashildi.
Tadbir davomida talabalar va yosh dasturchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi, balki kelgusidagi kasbiy faoliyatida qo‘l keladigan amaliy tavsiyalar, foydali platformalar va innovatsion yondashuvlar bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram