Jinoyat muhokamasi — ogohlik va xulosa uchun muhim
Nurafshon shahar prokurori o‘rinbosari S.Qarshiyev hamda shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.Kubekbayevlar boshchiligida “Navro‘z” mahallasi aholisi ishtirokida navbatdagi jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.
Muhokama davomida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarlik holatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning kelib chiqish sabablari hamda oqibatlari yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.
Jumladan, fuqarolardan biri internet ijtimoiy tarmoqlari orqali noqonuniy psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlanib, tezkor tadbir davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish vaqtida ushlangani muhokama qilindi. Ushbu jinoyatning ayanchli oqibatlari, ayniqsa yoshlar salomatligi va kelajagiga yetkazadigan zarari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Mutasaddilar tomonidan giyohvandlik va psixotrop moddalar asr vabosi ekanligi, bu illatga qarshi barcha birgalikda kurashishi lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, boshqa bir holatda spirtli ichimlik ta’sirida jamoat tartibini buzib, atrofdagilarning tinchligini izdan chiqargan fuqaroning xatti-harakatlari muhokama qilinib, bunday holatlar mahalla osoyishtaligi va jamoat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.
Tadbir davomida aholiga huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, farzandlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, yoshlarni turli yot g‘oya va zararli illatlar ta’siridan asrash borasida tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida fuqarolar qonunlarga hurmat ruhida yashashga, mahallada tinchlik va osoyishtalikni saqlashda faol ishtirok etishga chaqirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musobaqaning ochilish marosimida soʻz olganlar ishtirokchilarga omad tiladi hamda nogironligi bor shaxslarni matonati, mustahkam irodasi va hayotga intilishi barcha uchun ibrat ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, mazkur musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki imkoniyatlar tengligi, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va inson qadrini ulug‘lash maydoni ekanini qayd etdi.
Musobaqada imkoniyati cheklangan shaxslar faol ishtirok etib, o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari katta futbol bayrami – AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionati oldidan barchani qutladi.
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X
Davlatimiz rahbari katta futbol bayrami – AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionati oldidan barchani qutladi.
“Biz bu kunlarni butun xalqimiz, futbol ishqibozlari bilan 34 yil kutdik. Shu ma’noda, futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi.
Chunki ular har bir o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik ruhi bilan faqat g‘alaba uchun maydonga tushdi. Xalqimizga olam-olam quvonch bag‘ishladi.
To‘g‘risini aytsam, mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi. Barcha yurtdoshlarimiz kabi men ham ich-ichimdan quvondim, bayram qildim.
Fursatdan foydalanib, maydonda jasorat va mahorat ko‘rsatgan futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylariga tashakkur izhor etaman”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X
❤2
Sessiya — mas'ullar hisobotlari va istiqbolli rejalar
Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilinib, mas'ullarning quyidagi yo'nalishlardagi hisobotlari tinglandi.
✔️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-325-V sonli qarori ijrosi;✔️ “Olmazor tajribasi” asosida markazlar va yirik mahallalarda yangi yondashuvlar asosida tashkil etilgan loyiha ofislarining natijadorligini oshirish yo'nalishidagi ishlar;✔️ Aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, “Qarshi shahri tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan vazifalar;✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosi;✔️ “Besh tashabbus olimpiadasi” shahar bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish;✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil birinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar;✔️ Xalq deputatlari shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari.
📸Jarayon fotolavhalarda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👎2🤝2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝2👎1🔥1