“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — katta hayot sari muhim qadam
Bugun, 25-may kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2025–2026-o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
✅ Shu munosabat bilan Nurafshon shahridagi 57-son umumta’lim maktabida ham bitiruvchilar uchun tantanali bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan yo‘llangan tabrikni o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, o‘quv yili davomida bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi hamda faolligi bilan ajralib turgan o‘qituvchi va o‘quvchilar “Ta’lim iftixori” nominatsiyasi hamda “Nurafshon shahar hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlandi. G‘oliblarga mos ravishda 7 million va 5 million so‘mlik pul mukofotlari topshirildi.
✅ 2025–2026-o‘quv yilida Nurafshon shahridagi 13 ta umumta’lim maktabining 9-sinfini 871 nafar o‘quvchi tamomlamoqda. Shundan 22 nafari a’lo darajadagi shahodatnomaga sazovor bo‘ldi. 11-sinfni esa 649 nafar bitiruvchi yakunlamoqda. Ulardan 16 nafari oltin medal, 2 nafari kumush medal bilan maktabni bitirmoqda. Qolaversa, 12 nafar bitiruvchi muddatidan oldin talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.
Tadbir davomida erishilgan natijalar alohida e’tirof etilib, bitiruvchi yoshlarga kelgusi hayot yo‘lida omad, ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1👏1🤝1
Nurafshon shahrida amalga oshirilgan qurilish ishlari
2026- yil yanvar-mart oylarida Nurafshon shahrida jami 202 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. 2025- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,4 % ni tashkil etdi.
shu jumladan:
🟣 Yirik qurilish tashkilotlari –23,8 mlrd so‘m🟣 Kichik va mikrofirmalar – 152,8 mlrd so‘m🟣 Norasmiy sektor – 25,4 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Nurafshon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo'lib o'tdi.
✅ Tadbirlarda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek, xalq deputatlari ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarni samimiy tabrikladilar. Ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan yo‘llangan tabrik o‘qib eshittirildi. Unda yosh avlodga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim sohasidagi islohotlar hamda kelajak bunyodkorlari sifatida bitiruvchilarning mas’uliyati alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, tadbirlarda o‘qituvchilarning mashaqqatli mehnati, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va bitiruvchilarning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusi hayot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari esa o‘quvchilar uchun yangi hayot sari ilk mustaqil qadamning ramzi sifatida yangradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon tibbiyot birlashmasi xodimasi xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida e’tirof etildi
🟣 Ushbu yuksak e’tirof fidoyi tibbiyot xodimlarining mehnatini qadrlash, ularni rag‘batlantirish hamda sohaga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3👏1
Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvali
🔸 Aholi murojaatlarini hal etishda yangi tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-mart sanasida «Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarda» o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlaridan kelib chiqib, Nurafshon shahar hokimi va hokimning barcha o‘rinbosarlari tomonidan har haftada Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1