Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
46.8K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimiz obodligi uchun duolar qilindi

Nurafshon shahrida muborak Qurbon hayiti munosabati bilan hayit namozlari ado etildi. Jumladan, shahardagi “Ismat ota” jome masjidida ham bayram tongida ikki mingdan ziyod yurtdoshlarimiz ezgu amalni ado etish uchun jam bo‘ldi.

Qurbon hayiti arafasida 2000 nafar namozxonga mo‘ljallangan ushbu masjid foydalanishga topshirilgani shahrimiz aholisi uchun katta tuhfa bo'ldi. Hayit namozida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ham ishtirok etib, jamoatchilik bilan birgalikda muborak ayyom tadbirlarida qatnashdi.


Yig'ilganlarga Qurbon hayitining mazmun-mohiyati, insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlar haqida ma’ruza qilindi. Shuningdek, ehson va xayriya tadbirlari tashkil etilib, qurbonlik amallari ado etildi. Bayram davomida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, xonadonlarimizga qut-baraka va fayzu baraka tilab duolar qilindi.

Mazkur muborak ayyom xalqimizning birdamligi, bag‘rikengligi hamda milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan yuksak hurmatini yana bir bor namoyon etdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113🔥3👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida yangi barpo etilgan, 2000 nafar namozxonga mo‘ljallangan “Ismat ota” jome masjidida ilk bor muborak Qurbon hayiti namozi ado etildi. Unda minglab yurtdoshlarimiz ishtirok etib, ezgu tilak va duolar qilindi.

Hayit namozida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ham ishtirok etib, yig‘ilganlarni ulug‘ ayyom bilan samimiy tabrikladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍103🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida "Yuksak maʼrifatli avlod-uchinchi renessans poydevori" shiori ostida o‘tkazilgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri tafsilotlari "Nurafshon TV" nigohida

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev YOII sammitida nutq so‘zladi.

Президент Шавкат Мирзиёев выступил на саммите ЕАЭС.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3
Forwarded from Bandlik vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

🪿O‘rdakchilik — xobbi emas, qo‘shimcha daromad

📍Nurafshon shahri “Dehqonobod” MFY hududida yillar davomida foydalanilmay kelgan zovur atrofi o‘ralib, 18 ta xonadonga 2 mingga yaqin o‘rdak tarqatildi.

💰Hokim yordamchisi ko‘magida
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida tashkil etilgan bu loyiha mahalla ahli uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘ldi.

🥚Kuniga 50 ta o‘rdakdan 20 ta tuxum olyapmiz. Kelgusida parranda go‘shti yetishtirishni ham yo‘lga qo‘ymoqchimiz, deydi — tadbirkor Bahrom Ergashov.

📽 Batafsil: videoda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👏1👌1
Ikki viloyat rahbarlari “Ugam oromgohi” faoliyati bilan tanishdi

Xabar qilganimizdek,  qardosh Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi Nuralxon Qusherov boshchiligidagi yirik delegatsiyaning Toshkent viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.

Bugun tashrifning ikkinchi kunida mehmonlar guruhlarga bo‘linib, viloyatimizdagi yirik sanoat korxonalari, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari hamda istiqbolli investisiya loyihalari amalga oshirilayotgan obektlar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda Turkiston viloyati hokimi Nuralxon Qusherov Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Ugam oromgohi” rekreatsion markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sog‘lomlashtirish va rekreatsiya yo‘nalishlari ko‘zdan kechirildi.

Dengiz sathidan 950 metr balandlikda, tog‘lar bag‘rida va Ugam daryosi bo‘yida joylashgan mazkur maskan aholining mazmunli hordiq chiqarishi hamda salomatligini tiklash uchun xizmat qilmoqda.

Musaffo tog‘ havosi, qulay tabiiy muhit va zamonaviy infratuzilma oromgohning asosiy afzalliklaridan sanaladi.

“Ugam oromgohi” tayanch-harakat apparati, yurak-qon tomir, nafas olish va asab tizimi bilan bog‘liq kasalliklarni davolash hamda profilaktika qilishga ixtisoslashgan bo‘lib, dam olish va tibbiy-sog‘lomlashtirish xizmatlarini uyg‘unlashtirgan zamonaviy maskanlardan biri hisoblanadi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi


🇺🇿 Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan Qurbon hayiti munosabati bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, mehr-saxovat tadbirlarini keng tashkil etish hamda hududlarda xayriya ishlarini amalga oshirish belgilab berildi.

Shu asosda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yakka-yolg‘iz va keksalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.


Jumladan Nurafshon shahrida ham davlat ta’minotidagi oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga Qurbon hayiti munosabati bilan oziq-ovqat to‘plamlari tarqatildi. Ushbu ezgu tadbirlar aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga bayram kayfiyatini ulashishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Diqqat! Cho‘milish mavsumida ehtiyot choralariga rioya qiling.


❗️Yoz mavsumi boshlanishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni suv havzalarida ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Qayd etilishicha, taqiqlangan hududlarda cho‘milish turli ko‘ngilsiz va ayanchli oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

⚠️Shuningdek, ota-onalardan suv havzalari yaqinida yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshonlik sportchi — Osiyo chempionati sovrindori bo'ldi


Vyetnam davlatida o‘tkazilgan U-17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Nurafshon shahar sport maktabi tarbiyalanuvchisi, ayni paytda Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchisi Sardor Mahmudov yuksak mahorat namoyish etib, musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi.

🥇Mazkur yutuq sportchimizning tinimsiz mehnati, qat’iyati, matonati hamda murabbiylarining fidokorona sa’y-harakatlari samarasi hisoblanadi. Sardor Mahmudovning ushbu muvaffaqiyati nafaqat uning shaxsiy g‘alabasi, balki Nurafshon shahri sporti rivojiga qo‘shilgan munosib hissa sifatida e’tirof etiladi.


Sardor Mahmudovni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz hamda oldinda turgan Jahon chempionatida ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yanada ulkan zafarlarga erishishiga tilakdoshmiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


⚽️ Milliy jamoamiz Kanada safari oldidan Nyu-Yorkda navbatdagi mashgʻulotlarini oʻtkazdi.

Vakillarimiz bugun Edmonton shahriga yoʻl oladilar!

Manba: FAUzbekistan

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2