Xayriya tadbirida bolalarga quvonch ulashildi
🔹Nurafshon shahridagi “O‘zbegim” to‘yxonasida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan homiylar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning 20 nafar farzandi uchun xatna to‘yi tashkil etildi.
🟣 Tadbirga el suygan san’atkorlar tashrif buyurib, o‘zining dilbar va betakror ijod namunalari bilan ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi. Ularning chiqishlari bayram shukuhini yanada oshirib, tadbirga o‘zgacha fayz hamda ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2👎1👏1🤝1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Bu yil ko‘p millatli xalqimiz bilan Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini katta bayram qilamiz.
Ko‘rib turibsizlar, dunyoda qanday tahlikali holat, qarama-qarshilik va nizolar ro‘y beryapti. Bunday vaziyatda biz uchun milliy birlik va hamjihatlik har qachongidan ham muhim.
Ishonchim komil, bu borada sizlar eng oldingi safda turib, chinakam vatanparvarlik, millatga sadoqat va fidoyilik fazilatlaringiz bilan yoshlarimizga, butun xalqimizga namuna bo‘lasizlar.
Yaratganning o‘zi yurtimizni panohida asrasin, boshlagan ezgu ishlarimizda madadkor bo‘lsin!”,
– dedi Prezidentimiz muloqot yakunida.
Uchrashuv davomida soha vakillarining fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Facebook|Instagram|X
Nurafshon shahri iftihorlari e'tirof etildi
Bugungi kunda Nurafshon shahrida sportning barcha turlari bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyat va zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida sportchi yigit-qizlarimizning yurtimiz va xalqaro maydonlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishiga xizmat qilmoqda.
Kuni kecha Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov bir guruh iqtidorli yosh sportchilar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Unda yoshlarning erishgan yutuqlari yuksak e’tirof etilib, ularning sport yo‘lidagi mashaqqatli mehnat alohida ta’kidlandi. Shaharimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan sportchilar tashakkurnomalar, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda sportdagi faoliyati va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida vitaminlar jamlanmalari bilan taqdirlandi.
🏆 Xususan:🏅 Artur Guliyev — baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni;🏅 Mirjamol Komilov — ushbu yo‘nalishda jahon chempionatining kumush medal sovrindori;🏅 Milana Dushevyanich — baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni;🏅 Shahzoda Mamadaliyeva — parakanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Toshkent dengizi hududida muntazam ravishda eshkak eshish sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchilar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Unda sportchilarning kundalik mashg‘ulot jarayonlari, ularga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, mavjud muammolar va takliflar atroflicha o‘rganildi.
Bunday uchrashuvlar yosh sportchilarning intilishlarini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda Nurafshon shahrida sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3👏1👌1
❗️Bugun ertalab soat 6:00 da futbol bor! ⚽️
🇨🇦 Kanada – O‘zbekiston 🇺🇿
⚽️ "Zo‘r TV" telekanali bugun, 2-iyun tongida Kanada – O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvini jonli efirda namoyish etadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadi. ⚽️🔥
Vakillarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Olg‘a, O‘zbekiston!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yoz mavsumida cho'milish havzalarida suzishda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish hamda turli xildagi baxtsiz hodisalarning oldini olish to'g'risida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig'ining o'rinbosari kapitan Turapov Zafarjon Zokirovich ishtirokida brifing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👌1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1