Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda
🟣 Navbatdagi bayram dasturi Nurafshon shahridagi "Magic Town" bolalar ko‘ngilochar maskanida tashkil etildi. Unda bolajonlar uchun turli qiziqarli o‘yinlar, ko‘ngilochar chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqs dasturlari namoyish etilib, unutilmas bayramona kayfiyat ulashildi.
🟣 Ayni paytda Nurafshon shahridagi 4 ta oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar ham Toshkent shahrida tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etib, mazmunli hordiq chiqarmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Rasmiy axborot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Venada BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) ijrochi direktori etib yangi tayinlangan Monika Juma bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlar hamda 2026-yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro forumdan keyingi amaliy ishlar yuzasidan fikr almashildi.
✅ Muloqot chog‘ida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, global tahdidlarga qarshi birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish hamda inson manfaatlarini ustuvor qo‘ygan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlar hamda 2026-yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro forumdan keyingi amaliy ishlar yuzasidan fikr almashildi.
“Ayollar, bolalar va yoshlar himoyasiga bag‘ishlangan sayd-iventimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Monika Jumaga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston ushbu tadbirni bugun BMT Jinoyatchilikning oldini olish komissiyasining 35-sessiyasi doirasida o‘tkazdi.
Biz BMT GJB bilan xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyormiz”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rasmiy axborot
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 1-iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida o‘z mehnati, bilimi va mas’uliyatliligi bilan kun sayin O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchni yuksaltirib kelayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.
“Vatandan uzoqda bo‘lishlariga qaramay, O‘zbekiston bilan mustahkam aloqani saqlab qolayotganlari ayniqsa tahsinga loyiq. Bu kabi uchrashuvlar har safar o‘zgacha faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Yurtdoshlarimiz yuqori kasbiy mahorati bilan xalqaro maydonda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘layotgani hamda global vazifalar yechimida faol ishtirok etayotganini ko‘rish kishini ruhlantiradi, quvontiradi.
Bunday malakali mutaxassislar safi yanada kengayishi juda muhim. Biz xalqaro tajriba orttirishni, professional jihatdan o‘sishni, vatanimiz hamda jahonga naf keltirishni istaydigan yosh o‘zbekistonliklarni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Tadbirkorlar diqqatiga!
Tadbirkorlik faoliyatingizda duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, sizni ushbu uchrashuvlarga taklif etamiz.
📃Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali bog‘laning.
📞 O‘z taklif va murojaatlaringizni 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari orqali, shuningdek, @ochiqmuloqot2026_bot orqali tez va qulay tarzda yo‘llashingiz mumkin.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
🗣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 1–6-iyun kunlari yurtimiz bo‘ylab tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Tadbirkorlik faoliyatingizda duch kelayotgan to‘siqlar, huquqlaringiz buzilishi holatlari yoki sohani takomillashtirishga doir fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, sizni ushbu uchrashuvlarga taklif etamiz.
📃Ro‘yxatdan o‘tish uchun jadvalda ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali bog‘laning.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e'tirof
Viloyatimiz iftihorlari e'tirof etildi
Bugungi kunda viloyatimizda sportning barcha turlari bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyat va zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida sportchi yigit-qizlarimizning yurtimiz va xalqaro maydonlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishiga xizmat qilmoqda.
Kuni kecha Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov bir guruh nurafshonlik yosh sportchilar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Unda yoshlarning erishgan yutuqlari yuksak e’tirof etilib, ularning sport yo‘lidagi mashaqqatli mehnat alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Toshkent dengizi hududida muntazam ravishda eshkak eshish sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchilarning kundalik mashg‘ulot jarayonlari, ularga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, mavjud muammolar va takliflar atroflicha o‘rganildi.
Bunday uchrashuvlar yosh sportchilarning intilishlarini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda Toshkent viloyatida sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

🏆 Xususan:🏅 Artur Guliyev — baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni;🏅 Mirjamol Komilov — ushbu yo‘nalishda jahon chempionatining kumush medal sovrindori;🏅 Milana Dushevyanich — baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni;🏅 Shahzoda Mamadaliyeva — parakanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempioni sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Toshkent dengizi hududida muntazam ravishda eshkak eshish sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchilarning kundalik mashg‘ulot jarayonlari, ularga yaratilgan sharoitlar, shuningdek, mavjud muammolar va takliflar atroflicha o‘rganildi.
Bunday uchrashuvlar yosh sportchilarning intilishlarini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda Toshkent viloyatida sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏2🤝1
Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi
❗️Nurafshon ShET va O‘rta Chirchiq TET ma’lum qiladiki, N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3 dan chiquvchi “Qorasuv” XEL-6 kV tarmog‘ida avariyaviy holatlarning oldini olish hamda tarmoqni yuksizlantirish maqsadida qo‘shimcha tarmoq tortish ishlari olib borilishi munosabati bilan 3-iyun kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.
⏰ 09:00 – 13:00 ("Oybek", "Obod turmush", "Muqimiy", "Dehqonobod", "Navro‘z", "Qumariq" MFY lari.)
Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎5❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM