Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


TADBIRKORLAR UCHUN YANGI IMKONIYAT VA IMTIYOZLAR TUSHUNTIRILDI

Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Jasur Sayfiyev rahbarligida tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda biznes yuritish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

🏷Jumladan, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–95-sonli hamda 2026-yil 26-maydagi “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF–100-sonli Farmonlarida belgilangan vazifalar, yaratilgan imkoniyatlar va tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


🟣Uchrashuv davomida mazkur farmonlarning amaliy ahamiyati, tadbirkorlik faoliyatini yuritishdagi yengilliklar, soliq tizimidagi yangiliklar, davlat tomonidan berilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari hamda biznes subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan mexanizmlar xususida atroflicha fikr almashildi.

Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislarga murojaat qilib, soliq qonunchiligi, imtiyozlardan foydalanish tartibi va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar va amaliy tavsiyalar oldilar.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘zbekiston hatto hozirgi global beqarorlik sharoitida ham barqaror o‘sish dinamikasini namoyish etmoqda".


Президент Шавкат Мирзиёев:
"Даже сейчас, в условиях глобальной нестабильности, Узбекистан продолжает демонстрировать устойчивую динамику роста".


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Bugun Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi boshlig'i Sirojiddin Yusupovning tavallud topgan kuni.

Hurmatli Sirojiddin Meylidiyarovich! Sizni ushbu sana bilan muborakbod etamiz. Mustahkam sog‘lik, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shahrimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiq. Kelgusida ham faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏91👍1👎1🔥1


🤔Nurafshon shahridagi “Kichkintoy” va “Shirinoy” maktabgacha ta’lim tashkilotida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari hamda shashka bellashuvlari tashkil etildi.

🔸Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar sport va intellektual bahslarda faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, topqirligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.


🔺Bayramona ruhda o‘tgan musobaqalar bolalarda sog‘lom turmush tarziga qiziqishni oshirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

💠Tadbir yakunida faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular:

- O‘zbekiston rahbari 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yigʻilishida ishtirok etdi va nutq soʻzladi;
- Prezident Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalarini belgilab berdidi;
- Madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish boʻyicha keng miqyosli chora-tadbirlar belgilandi.


Ko‘rsatuvni bugun, 6-iyun kuni soat 20:00 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ertaga, 7-iyun kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Facebook|Instagram|X
#rasman

Nurafshon shahar hokimi Ilhom Klichxanov faoliyatini yangi vazifada davom ettiradi

Shu munosabat bilan bugun ertalab viloyat hokimligida  Zoyir Mirzayev va faollar Ilhom Klichxanovning shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lidagi mehnatini e’tirof etib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.

Shuningdek, bugun viloyatda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏3👎1
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot namoyandalarini mukofotladi. Davlatimiz rahbari "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etdi.

Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev mádeniyat, kórkem óner hám ádebiyat ǵayratkerlerin sıylıqladı. Mámleketimiz basshısı "Shırshıq" ximiya-industrial texnoparkinde boldı. Ózbekstan Prezidenti Peterburg xalıqaralıq ekonomikalıq forumında qatnastı.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев наградил деятелей культуры, искусства и литературы. Глава нашего государства посетил химико-индустриальный технопарк «Чирчик». Президент Узбекистана принял участие в Петербургском международном экономическом форуме.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev Honored distinguished figures of Culture, Art, and Literature. The Head of State visited the Chirchik Chemical-Industrial Technopark. The President of Uzbekistan Took Part in the Saint Petersburg International Economic Forum.

Facebook|Instagram|X
#rasmiy

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar  yuzasidan ma’ruza qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Klichxanov Ilhom Mahmudjonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimi lavozimiga hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan Hamdamov Qobil Murodqulovich nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyasida Hamdamov Qobil Murodqulovich shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2👎2