Bugun: Niderlandiya — O‘zbekiston | O‘rtoqlik uchrashuvi
Raqib — FIFA reytingida 6-o‘rinni egallagan Niderlandiya. O‘yin AQSHning Nyu-York shahridagi "Isahn Stadium" da Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Tarixda birinchi marta Jahon chempionati finaliga yo‘l olgan terma jamoamiz uchun bu o‘yin alohida ahamiyatga ega — kuchli raqibga qarshi o‘zini sinash va taktik tayyorgarlikni tekshirishning so‘nggi imkoniyati.
Niderlandiya ham o‘z navbatida JCH oldidan yakuniy tayyorgarlik o‘yini sifatida bu uchrashuvga jiddiy yondashmoqda.
Terma jamoamizga omad tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Avvalroq xabar berilganidek, 2023-yildan buyon Nurafshon shahri hokimi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan Klichxanov Ilxom Mahmudjonovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bugun shahardagi faoliyatini yakunladi.
Shu munosabat bilan Nurafshon shahar hokimligida samimiy kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, hokimlik jamoasi hamda tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etib, Ilxom Klichxanovning Nurafshon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shaharning zamonaviy qiyofasini shakllantirish va aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi xizmatlari qolaversa investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlari alohida ta’kidlandi.
O‘z navbatida Ilxom Klichxanov ham faoliyati davomida ko‘rsatib kelingan hamkorlik va qo‘llab-quvvatlov uchun jamoatchilik, hamkasblar hamda Nurafshon xalqiga minnatdorlik bildirib, shahar ravnaqi yo‘lida boshlangan ezgu ishlar izchil davom etishiga ishonch bildirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🤝6👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi insonlar ketmaydi — ular odamlar qalbida yashaydi.
Hayotda ayrim insonlar egallagan lavozimi bilan emas, balki odamlarga bo‘lgan samimiy munosabati, insoniy fazilatlari va ortidan qoldirgan ezgu ishlari bilan yodda qoladi. Ilxom Mahmudjonovich, Siz ham Nurafshon ahli qalbidan ana shunday munosib o‘rin egallagan insonlardansiz.
Shahar taraqqiyoti, aholi farovonligi va yurt ravnaqi yo‘lida qilgan samarali mehnatlaringiz, ko‘rsatgan g‘amxo‘rligingiz hamda fidoyiligingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Faoliyatingiz davomida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ilgari surilgan tashabbuslar va hayotga tatbiq etilgan loyihalar uzoq yillar davomida o‘z samarasini berib, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi.
Siz bilan birga ishlagan davr mobaynida nafaqat kasbiy faoliyat, balki insoniylik, mas’uliyat, fidoyilik va xalqparvarlik borasida ham ko‘plab saboqlar oldik. Bu tajriba va hayotiy o‘gitlar har birimiz uchun qadrli maktab bo‘lib qoladi.
Kelgusidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va yangi zafarlar tilaymiz. Qayerda faoliyat yuritmang, xalqimiz ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lib yurishingizga ishonamiz.
Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍10👏7🔥4🤝2
Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalarining tarqalishining oldini olish, millatlararo hamjihatlik va dinlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash, shuningdek, terrorizm va ekstremizm g‘oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
✅ Unda targ‘ibot guruhi a’zosi M.A.Tursynboyeva ishtirok etib, mazkur mavzular yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib bordi. Suhbat davomida fuqarolarning ogohligini oshirish, reproduktiv salomatlikni asrash, tejamkorlik madaniyatini shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, odob-axloq me’yorlariga rioya etish hamda erta turmushning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan kiyinish madaniyati va muomala odobi yuzasidan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
GAP ayollar IT-klubi forumiga taklif etamiz!
🏷Hududlarda xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida 10-iyun soat 11:00 da navbatdagi GAP ayollar IT-klubi forum bo‘lib o‘tadi.
➡️Forum bu safar quyidagi hududlarni qamrab oladi:
Sirdaryo viloyati
🗺 Yoshlar markazi binosi, 2-qavat IT Park Sirdaryo filiali majlislar zali
Farg'ona viloyati
🗺 Farg‘ona shahridagi "Yangi O‘zbekiston" (Eco City) hududida joylashgan IT Park (Fergana Digital Hub) majmuasi, 1-qavat majlislar zali
Andijon viloyati
🗺 "Andijan Digital City" texnoparki binosi, 1-qavat majlislar zali
Toshkent viloyati
🗺 "CYBER UNIVERSITY" binosi, 1-qavat kutubxona zali
Namangan viloyati
🗺IT Park Namangan filiali binosi, 3-qavat majlislar zali.
➡️Roʻyxatdan oʻtish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc53PirIHvt7F_f8aD9pZG_QKB-IAu29aciL7LgVa-dOlF0RQ/viewform
⚡️Axborot texnologiyalari sohasiga qiziqadigan, o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirishni istagan barcha xotin-qizlar va yoshlarni forumda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам обеспечения занятости выпускников организаций высшего образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам обеспечения занятости выпускников организаций высшего образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X