Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram


Prezident tashabbusi bilan boshlangan xayrli ishlar davom etmoqda

🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Qurbon hayiti munosabati bilan og‘ir xastaliklar bilan kurashayotgan bemorlarga yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish hamda kasal bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan zarur mablag‘lar ajratildi.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida Nurafshon shahrida davolanishga muhtoj fuqarolar uchun alohida ro‘yxat shakllantirildi. Jumladan,bugunga qadar 26 nafar bemorga davolanish vaucherlari topshirildi, ulardan 6 nafari onkologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar, 1 nafari transplantatsiya amaliyotiga muhtoj fuqaro hamda 19 nafari 18 yoshga to‘lmagan bolalardir. Vaucherlarni o‘z egalariga topshirish jarayonlarida shahar hokimligi, shahar prokuraturasi va Tibbiyot birlashmasi mas'ullari ishtirok etib, bemorlar hamda ularning yaqinlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.


Suhbatlar davomida bemorlarning salomatligi, davolanish jarayonlari va mavjud ehtiyojlari yuzasidan fikr almashilib, ularga zarur tavsiyalar hamda ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Ushbu xayrli tashabbus aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ayniqsa, davolanishga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahridagi investitsion korxonalar faoliyati nufuzli xorijiy OAV nigohida

📌Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan “Da SHUN GROUP” Xitoy kompaniyasi faoliyati Xitoyning Gonkongdagi mashhur “Television Broadcasts Limited” (TVB) telekanali orqali yoritildi.

Lavhada O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida jadal rivojlanib borayotgan investitsiyaviy hamkorlik muhiti, iqtisodiy va savdo aloqalari, shuningdek, O‘zbekistonda, xususan Toshkent viloyatida investorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Yoshlar sardorlari bilan ochiq muloqot

Nurafshon shahar hokimligi Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan mahallalardagi yoshlar sardorlari ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

💠Uchrashuv davomida yoshlar sardorlarining jamiyatdagi o‘rni, mas’uliyati hamda faoliyat yo‘nalishlari haqida atroflicha fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, sardor — tashabbuskor, mas’uliyatli, jamoani birlashtira oladigan va tengdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan yosh yetakchidir.

🏷Muloqot chog‘ida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimlari yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, sardorlarning liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik, faollik va tashabbuskorlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Bunday uchrashuvlar yoshlar va rahbarlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram
🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pensiya qanday hisoblanishini bilasizmi?

📊Yoshi o‘tib borayotgan insonni “Endi menga qancha pensiya tayinlanar ekan?” degan savol qiziqtirishi tabiiy. Pensiya hisob-kitobi haqida so‘z ketganda, turli formulalar, foizlar va murakkab atamalar ko‘pchilikka tushunarsiz tuyulishi mumkin.
Aslida esa yoshga doir pensiyani hisoblash tartibini oddiy va hayotiy misollar orqali ham tushunish mumkin.

▶️ Pensiya qanday hisoblanishi bo‘yicha tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.

Mazkur videorolikda:

🔵pensiya miqdori nimaga bog‘liqligi;
🔵ish staji qanday ahamiyatga egaligi;
🔵ish haqi pensiyaga qanday ta’sir qilishi
kabi muhim ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.


📹 Videorolikni yaqinlaringiz va do‘stlaringizga ham ulashing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilinib, mas'ullarning quyidagi yo'nalishlardagi hisobotlari tinglandi.

✔️Nurafshon shahar mahalliy byudjetini I chorak ijrosini tasdiqlash

✔️“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalalari;

✔️Shahar sport maktabi bo‘limi boshlig‘ining joriy yil davomida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotini tinglash

✔️Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Nurafshon shahri bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-mart kunidagi “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi 156-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari.


❗️Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi hamda sessiya kotibi va sanoq komissiya raisi xulosalari eshitirilib, hududni yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


"E-auksion" platformasida Nurafshon shahri hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Nurafshon shahrida 22 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida volontyor yoshlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostidagi donorlik aksiyasi tafsilotlari “Nurafshon TV” nigohida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📢 🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

⚖️Joriy yilning 11-iyun kuni soat 10:00 da Toshkent viloyatida “Brend making” yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy taqdimotlar doirasida sayyor qabul tashkil etiladi.

Tadbir Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” hamda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkaziladi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida brendni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talabnoma topshirishda amaliy ko'maklashish xizmatlari ko'rsatiladi.


Bog'lanish uchun: U.Abdurashidov
+998 94 946-71-03


🗺 Manzil: Toshkent viloyati, O'rtachirchiq tumani DAVLAT XIZMATLAR MARKAZI binosi

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1