Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida rahbar va volontyor yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi


❗️Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida volontyorlik harakatining bugungi kundagi o‘rni, yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar, xayriya va jamoatchilik tadbirlaridagi ishtirok masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirib, ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashdilar.


🎥Jarayonlar qisqa videorolikda

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


❗️Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamovning aholi uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

✔️ Qabul davomida turli sohalarga oid muammolar bilan murojaat qilgan fuqarolarning har biri tinglanib, masalalarning yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilandi. Shuningdek, har bir murojaat bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.


🎥Jarayonlar videorolikda

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1


NURAFSHONDA KATTA SHOU-KONSERTIGA MARHAMAT

Aziz nurafshonlik yoshlar!
Sizlarni 20-iyun kuni “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan gala-konsertga taklif etamiz!

🎤 Konsert dasturi davomida:

🎶Mashhur san’atkorlarning chiqishlari;
Turli xil ko‘ngilochar aktivitilar;
🎁Qiziqarli sovg‘alar va tanlovlar;
🏆Eng faol va tashabbuskor yoshlarni taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

Soat 19:00

📌Manzil: “Nurafshon Arena” sport majmuasi.


❗️Barchangizni ushbu unutilmas bayram tadbirida kutib qolamiz!

Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari! 🇺🇿💚

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Cho‘milishda ehtiyotkorlik — har birimizning shaxsiy mas’uliyatimiz!

Yozgi ta’til davrida suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga amal qilish juda muhim.

Shu bois, Toshkent viloyati FVBB xodimlari tomonidan suv havzalarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik reydlar o‘tkazilmoqda.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandlarimizning hayoti va salomatligi — eng katta boyligimiz!

Unutmang! Bir daqiqalik beparvolik — katta fojiaga sabab bo‘lishi mumkin.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


NURAFSHONDA KATTA SHOU-KONSERTIGA MARHAMAT

Aziz nurafshonlik yoshlar!
Sizlarni 20-iyun kuni “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan gala-konsertga taklif etamiz!

🎤 Konsert dasturi davomida:

🎶Mashhur san’atkorlarning chiqishlari;
Turli xil ko‘ngilochar aktivitilar;
🎁Qiziqarli sovg‘alar va tanlovlar;
🏆Eng faol va tashabbuskor yoshlarni taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

Soat 19:00 da.
📌Manzil: “Nurafshon Arena” sport majmuasi. (Lokatsiya)


❗️Barchangizni ushbu unutilmas bayram tadbirida kutib qolamiz!

Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari! 🇺🇿💚

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1👌1


Nurafshon sharida “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovi g‘oliblariga jihozlar topshirildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda “Ayollar daftari” jamg‘armasi tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida o‘tkazilgan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Mazkur tanlov xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va zamonaviy yo‘nalishlarga, jumladan IT sohasiga o‘qitish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan eng yaxshi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Nurafshon shahar hokimligida o'tkazilgan taqdirlash marosimida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva hamda Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N. Normirzayeva tomonidan g‘oliblarga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun tikuv mashinalari to‘plamlari topshirildi.


Bunday e’tirof va qo‘llab-quvvatlash jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, ijtimoiy loyihalar orqali aholi farovonligiga hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarning tashabbuslarini rag‘batlantirish va ularning imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Jahon chempionati: tarixiy o‘yinni Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog‘ida minglab muxlislar jonli efirda kuzatdi. Tafsilotlar MY5 telekanali lavhasida.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1


Elektr ta’minotidagi uzilish haqida ma’lumot

“Nurafshon ShET” shuni ma’lum qiladiki, “Haqiqat” 6 kV hamda “F. Degantepa” 6 kV elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat sababli elektr ta’minoti vaqtincha uzildi.

Aniqlanishicha, bosh chiqish kabelida yong‘in sodir bo‘lgan. Hozirda avariyani bartaraf etish va elektr ta’minotini tiklash ishlari olib borilmoqda.

🕕 Elektr ta’minotini tiklash vaqti: soat 18:00.

Elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan hududlar: Degantepa, Hurriyat, Birlik, Oppoq, Hurriyat, Taraqqiyot mahallari.


Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Yoz o'tmoqda soz!

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning salomatligini mustahkamlash hamda ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Qaldirg‘och” nomli bolalar sog‘lomlashtirish maydonchasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur maydonchada bolalar uchun turli sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, qiziqarli tanlovlar, ijodiy mashg‘ulotlar va ko‘ngilochar dasturlar muntazam tashkil etilmoqda. Shuningdek, o‘quvchilarning jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


“Qaldirg‘och” sog‘lomlashtirish maydonchasi bolalarning yozgi ta’tilini maroqli va foydali o‘tkazish, ularning yangi do‘stlar orttirishi hamda unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishi uchun xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


NURAFSHONDA KATTA SHOU-KONSERTIGA MARHAMAT

Aziz nurafshonlik yoshlar!
Sizlarni 20-iyun kuni “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan gala-konsertga taklif etamiz!

🎤 Konsert dasturi davomida:

🎶Mashhur san’atkorlarning chiqishlari;
Turli xil ko‘ngilochar aktivitilar;
🎁Qiziqarli sovg‘alar va tanlovlar;
🏆Eng faol va tashabbuskor yoshlarni taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

Soat 19:00 da.
📌Manzil: “Nurafshon Arena” sport majmuasi. (Lokatsiya)


❗️Barchangizni ushbu unutilmas bayram tadbirida kutib qolamiz!

Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari! 🇺🇿💚

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👎3👍1👏1


Ayollar daftari
ning 4-toifasi — huquqiy va psixologik yordamga muhtoj sifatida roʻyxatga olingan xotin-qizlar uchun Nurafshon shahrida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy va salomatlikka oid tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida psixologlar, tibbiyot xodimlari hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga psixologik ko‘mak ko‘rsatilib, ruhiy salomatlikni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni yaxshilash, stress va turli hayotiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Shuningdek, xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish hamda salomatlikni asrashga qaratilgan trening va suhbatlar o‘tkazildi.
Mazkur tadbir xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning ruhiy va jismoniy salomatligini qo‘llab-quvvatlash hamda hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1