Nurafshonda navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi
Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligidagi yig‘ilishda sektor rahbarlari, hududdagi korxona va tashkilotlar mutasaddilari, mahalla yettiligi a’zolari hamda hokimlik apparati xodimlari ishtirok etdi.
✅ Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 va 2026-yil 5-yanvardagi PQ-2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan ishlarning 2026-yil II chorak yakunlari holati tahlil qilindi.✅ Nurafshon shahri Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari va muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, tashrif va majlis bayonlari, Prezident Administratsiyasi topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va yig‘ilish bayonlarida Nurafshon shahar hokimligiga yuklatilgan topshiriqlarning ijro holati to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 14-maydagi “2026-yilda iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda tarmoq korxonalarida energiyadan oqilona foydalanishni tashkil qilish orqali elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashni ta’minlash to‘g‘risida”gi 242-sonli qarorining ijrosi hamda Nurafshon shahrida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Yig‘ilish yakunida shahar hokimi tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha ish samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, belgilangan vazifalarni sifatli hamda o‘z muddatida bajarish, shaharda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni OAVda keng yoritish masalalari tanqidiy tahlil qilinib, bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ijro intizomini kuchaytirish va mas’uliyatni oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
❗️ Mazkur murojaatda giyohvandlikka qarshi kurashish, farzandlarimizni ushbu illatdan asrash hamda yurtimizda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash yo‘lidagi dolzarb vazifalar haqida so‘z boradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qobil Xamdamov Nurafshon shahridagi yirik investitsion korxonalar faoliyati bilan tanishdi
Har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida investitsion loyihalar va yirik ishlab chiqarish korxonalarining o‘rni beqiyos. Bugungi kunda Nurafshon shahrida 160 dan ortiq xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.
✅ Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shahardagi Erkin iqtisodiy zona faoliyati bilan tanishdi. Umumiy qiymati 520 million AQSH dollariga teng bo‘lgan ushbu investitsion loyihada 6 nafar yirik xitoylik investor tomonidan farmatsevtika, yengil sanoat, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat hamda kimyo sanoati yo‘nalishlarida qurilish ishlari olib borilmoqda.
2027-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur korxonalarda 3 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Shahar hokimi investorlar bilan muloqot davomida ularni qiynayotgan muammolar va mavjud kamchiliklarni o‘rganib, har bir masala qonunchilik doirasida hal etilishi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ikki murojaat joyida ijobiy hal etildi.
🔹 Xususan, bir fuqaroning moddiy yordam ajratish bo‘yicha murojaati tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, amaliy yechim topildi. Shuningdek, farzandini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga imtiyozli asosda joylashtirish yuzasidan bildirgan murojaati ham shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Nurafshon shahrining “Xuriyat” mahallasida “Mustaqillik to‘yi” kitob karvon tadbiri bo‘lib o‘tadi.
📅Sana: 2026-yil 23-iyun
🕙 Vaqti: 10:00
📍 Manzil: Nurafshon shahri, “Hurriyat” MFY hududidagi 19-son umumta’lim maktabi
tinchlik, mustaqillik va inson qadri ulug‘langan asarlar targ‘ib qilinadi;
milliy va jahon adabiyoti namunalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
120 million dollarlik loyiha: Nurafshon shahridagi qurilish texnoparki faoliyati bilan tanishing
“DA SHUN GROUP” MCHJ XK — Nurafshon shahridagi yirik investitsion loyihalardan biri bo‘lib, qurilish sanoati yo‘nalishida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zida mujassam etgan texnopark hisoblanadi.
✅ Xitoy investitsiyasi asosida tashkil etilgan mazkur korxona 2025-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Loyihaning umumiy qiymati 120 million AQSH dollarini tashkil etadi. Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 300 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.
🔹Texnopark hududida 30 ga yaqin xorijiy investitsiya ishtirokidagi kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Mazkur korxonalar qurilish sanoatini rivojlantirish, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
🔹 Korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini xalqaro standartlar darajasida ta’minlash va yangi investitsiya loyihalarini jalb etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
❗️ “DA SHUN GROUP” MCHJ XK faoliyati Nurafshon shahrida sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xorijiy investitsiyalar hajmini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Korxona hududning investitsiyaviy jozibadorligini yuksaltirish hamda iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotgan yirik loyihalardan biridir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
“Media haftalik”ning ilk kuni muvaffaqiyatli yakunlandi
Media sohasi vakillarini Nurafshon shahriga jamlagan “Media haftalik”ning birinchi kuni qizg‘in va mazmunli ruhda o‘tdi. Seminar-treninglar davomida ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, raqamli media, kontent yaratish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish hamda samarali kommunikatsiya yo‘nalishlarida yangi bilim va tajribalarni egallashdi.
Interaktiv formatda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda media-ekspertlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, amaliy tavsiyalar va zamonaviy yondashuvlarni taqdim etdi. Fikr almashuvlar, ochiq muloqotlar va amaliy topshiriqlar esa tadbirning yanada samarali o‘tishiga xizmat qildi.
“Media haftalik”ning ilk kuni yangi g‘oyalar, kasbiy muloqotlar va foydali tajribalar maydoniga aylandi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
“Media haftalik”ning ilk kuni muvaffaqiyatli yakunlandi
Media sohasi vakillarini Nurafshon shahriga jamlagan “Media haftalik”ning birinchi kuni qizg‘in va mazmunli ruhda o‘tdi. Seminar-treninglar davomida ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, raqamli media, kontent yaratish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish hamda samarali kommunikatsiya yo‘nalishlarida yangi bilim va tajribalarni egallashdi.
Interaktiv formatda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda media-ekspertlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, amaliy tavsiyalar va zamonaviy yondashuvlarni taqdim etdi. Fikr almashuvlar, ochiq muloqotlar va amaliy topshiriqlar esa tadbirning yanada samarali o‘tishiga xizmat qildi.
“Media haftalik”ning ilk kuni yangi g‘oyalar, kasbiy muloqotlar va foydali tajribalar maydoniga aylandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM