Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.3K photos
4.47K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram


Qobil Xamdamov Nurafshon shahridagi yirik investitsion korxonalar faoliyati bilan tanishdi


Har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida investitsion loyihalar va yirik ishlab chiqarish korxonalarining o‘rni beqiyos. Bugungi kunda Nurafshon shahrida 160 dan ortiq xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shahardagi Erkin iqtisodiy zona faoliyati bilan tanishdi. Umumiy qiymati 520 million AQSH dollariga teng bo‘lgan ushbu investitsion loyihada 6 nafar yirik xitoylik investor tomonidan farmatsevtika, yengil sanoat, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat hamda kimyo sanoati yo‘nalishlarida qurilish ishlari olib borilmoqda.
2027-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan mazkur korxonalarda 3 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.


Shahar hokimi investorlar bilan muloqot davomida ularni qiynayotgan muammolar va mavjud kamchiliklarni o‘rganib, har bir masala qonunchilik doirasida hal etilishi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida


Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ikki murojaat joyida ijobiy hal etildi.

🔹 Xususan, bir fuqaroning moddiy yordam ajratish bo‘yicha murojaati tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, amaliy yechim topildi. Shuningdek, farzandini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga imtiyozli asosda joylashtirish yuzasidan bildirgan murojaati ham shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.


❗️Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, fuqarolarning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish hamda ularning roziligini ta’minlash maqsadida bunday qabullar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


🇺🇿“Mustaqillik to‘yi” festivaliga marhamat!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Nurafshon shahrining “Xuriyat” mahallasida “Mustaqillik to‘yi” kitob karvon tadbiri bo‘lib o‘tadi.

📅Sana: 2026-yil 23-iyun
🕙 Vaqti: 10:00
📍 Manzil: Nurafshon shahri, “Hurriyat” MFY hududidagi 19-son umumta’lim maktabi


📖Tadbirning asosiy maqsadi — mustaqillik ne’matlariga shukronalik tuyg‘usini targ‘ib qilish, kitob mutolaasi orqali aholi, ayniqsa yoshlar orasida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy barkamollikni oshirishdan iborat.

Festival davomida:
tinchlik, mustaqillik va inson qadri ulug‘langan asarlar targ‘ib qilinadi;
milliy va jahon adabiyoti namunalari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi
.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


120 million dollarlik loyiha: Nurafshon shahridagi qurilish texnoparki faoliyati bilan tanishing


“DA SHUN GROUP” MCHJ XK — Nurafshon shahridagi yirik investitsion loyihalardan biri bo‘lib, qurilish sanoati yo‘nalishida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zida mujassam etgan texnopark hisoblanadi.

Xitoy investitsiyasi asosida tashkil etilgan mazkur korxona 2025-yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Loyihaning umumiy qiymati 120 million AQSH dollarini tashkil etadi. Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 300 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.


🔹Texnopark hududida 30 ga yaqin xorijiy investitsiya ishtirokidagi kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Mazkur korxonalar qurilish sanoatini rivojlantirish, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

🔹 Korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini xalqaro standartlar darajasida ta’minlash va yangi investitsiya loyihalarini jalb etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

❗️“DA SHUN GROUP” MCHJ XK faoliyati Nurafshon shahrida sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xorijiy investitsiyalar hajmini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Korxona hududning investitsiyaviy jozibadorligini yuksaltirish hamda iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotgan yirik loyihalardan biridir.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

“Media haftalik”ning ilk kuni muvaffaqiyatli yakunlandi


Media sohasi vakillarini Nurafshon shahriga jamlagan “Media haftalik”ning birinchi kuni qizg‘in va mazmunli ruhda o‘tdi. Seminar-treninglar davomida ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, raqamli media, kontent yaratish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish hamda samarali kommunikatsiya yo‘nalishlarida yangi bilim va tajribalarni egallashdi.

Interaktiv formatda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda media-ekspertlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, amaliy tavsiyalar va zamonaviy yondashuvlarni taqdim etdi. Fikr almashuvlar, ochiq muloqotlar va amaliy topshiriqlar esa tadbirning yanada samarali o‘tishiga xizmat qildi.

“Media haftalik”ning ilk kuni yangi g‘oyalar, kasbiy muloqotlar va foydali tajribalar maydoniga aylandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM