Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi
Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov hududda ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot turlarini ko‘paytirish hamda investitsion jozibadorlikni yanada oshirish maqsadida shahardagi yirik ishlab chiqarish korxonalari va investitsion loyihalar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Navbatdagi manzil “LVKE Industrial Development” qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi.
✅ Ma’lumot uchun, mazkur korxona qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zamonaviy texnikalarni butlash va yig‘ishni tashkil etishga ixtisoslashgan bo‘lib, bu yerda “BELARUS” brendi ostidagi traktorlar, ularga mos turli xil traktor tirkamalari hamda maxsus qishloq xo‘jaligi uskunalari ishlab chiqariladi.
Loyihaning umumiy qiymati 80 mln dollarni tashkil etadi. Korxona yiliga 1,2 ming dona zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini butlash va yig‘ish quvvatiga ega. Natijada yiliga 2,8 mln dollar miqdoridagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish ta’minlanadi.
✅ Tashrif davomida shahar hokimi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati, korxonaning mavjud quvvatlari hamda istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan tanishdi. Xususan, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqarish jarayonlariga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, korxona faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Muhokamalar yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Qayd etilganidek, bunday investitsion loyihalar nafaqat sanoat salohiyatini oshirish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda hudud iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1🤝1
Forwarded from Qobil Xamdamov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Murojaat va ijro: fuqarolar muammolari joyida o‘rganilib, aniq choralar belgilandi
Kuni kecha Nurafshon shahar hokimi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 21 nafar fuqaro qurilish kompaniyasi faoliyati yuzasidan murojaat qilgan edi. Qabul davomida shahar hokimi masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish, har ikki tomoni tinglash va holatga huquqiy baho berish hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan edi.
✅ Bugun Qobil Xamdamov boshchiligidagi tegishli mas’ullar murojaatda ko‘tarilgan masalalarni bevosita hududga chiqib o‘rgandi. O‘rganish jarayonida quruvchi tashkilot vakillariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi.
Jarayonda shahar prokuraturasi hamda tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etib, holat to‘liq nazoratga olindi.
Shahar hokimi har bir murojaat ortida inson manfaatlari va hayot sifati turganini ta’kidlab, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish barcha rahbarlarning ustuvor vazifasi ekanligini qayd etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Nurafshon ahli O‘zbekiston milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Vatanparvar” bog‘ida jam bo‘ldi.
Hamshaharlarimiz jamoamizga cheksiz ishonch va dalda bildirib, katta ekranda uchrashuvni birgalikda tomosha qildilar.
Futbol muxlislari qalbida Vatanga muhabbat, g‘urur va birlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
Bugun Nurafshonda ham haqiqiy futbol bayrami hukm surmoqda. Barcha yurtdoshlarimiz singari nurafshonliklar ham jamoamizning har bir harakatini hayajon va ishonch bilan kuzatib, ularga omad tilashni niyat qilgan.
⚽️ Olg‘a, O‘zbekiston! Olg‘a, Oq bo‘rilar! 🇺🇿🐺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1👍1
⚽️ Futbol muxlislarining xavfsizligi nazorat ostida
Fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilgan.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Nurafshon shahri markazidagi “Vatanparvarlar bog‘i”da O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliya terma jamoasiga qarshi uchrashuvini tomosha qilish uchun yig‘ilgan futbol muxlislarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borilmoqda.
Fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik
🚨 Bir qadam... va ortga yo‘l bo‘lmasligi mumkin
Suv bo‘yida bir lahzalik beparvolik ba’zan butun umr davom etadigan armon va pushaymonlikka sabab bo‘ladi.
Bularning barchasi inson hayotiga xavf tug‘diradi.
⚠️ Suv hazilni kechirmaydi!
O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang. Faqat xavfsiz va belgilangan joylarda cho‘miling.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
🚨 Bir qadam... va ortga yo‘l bo‘lmasligi mumkin
Suv bo‘yida bir lahzalik beparvolik ba’zan butun umr davom etadigan armon va pushaymonlikka sabab bo‘ladi.
❌ Ruxsat etilmagan joylarda cho‘milish
❌ Xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik
❌ O‘z kuchiga ortiqcha ishonish
Bularning barchasi inson hayotiga xavf tug‘diradi.
⚠️ Suv hazilni kechirmaydi!
O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang. Faqat xavfsiz va belgilangan joylarda cho‘miling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar izchil davom etmoqda
📌 Shuningdek, barcha maktablarda “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobxonlik, mohir qo‘llar, rasm chizish va boshqa ma’naviy-ma’rifiy to‘garaklar tashkil etilib, iyun oyida 380 nafardan ortiq o‘quvchi qamrab olindi.📌 Sport yo‘nalishidagi futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat-shashka va yengil atletika to‘garaklariga 2100 nafar o‘quvchi jalb etilgan bo‘lsa, kasb-hunarga yo‘naltiruvchi to‘garaklarda yana 450 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1