Yoshlar bilan yuzma-yuz: muloqot, tashabbus va e’tirof
Davlat rahbari tashabbusi bilan payshanba — “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan buyon Nurafshon shahrida yoshlar bilan ochiq muloqotlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Har haftada aniq reja asosida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Bugun ham Nurafshon shahar hokimi Q. Xamdamov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda faol yoshlar, volontyorlar, sportchi yigit-qizlar, yoshlar yetakchilari hamda tegishli soha mas’ullari qatnashdi.
❕Muloqot avvalida shahar hokimi ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif hamda tashabbuslarini tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yoshlar siyosati doirasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishdan iborat ekanini alohida ta’kidladi
Shuningdek, uchrashuvda volontyor va sportchi yoshlar tomonidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surilib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida hududiy sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishib, g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar taqdirlanib, ularga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda. Kecha o‘tkazilgan yarmarkadan so‘ng bugun ham navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, ertaga ham ushbu amaliy tadbirni davom ettirish rejalashtirilgan.
✅ Bugungi mehnat yarmarkasi "To'ytepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 15 ta korxona va tashkilot tomonidan 382 ta bo‘sh ish o‘rni fuqarolar e’tiboriga havola qilindi. Ish izlayotgan fuqarolar korxona vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud vakant lavozimlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Yarmarkada 31 nafar ishsiz fuqaro qatnashib, ularga ishga joylashish, kasb tanlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada 3 nafar fuqaro ishga yo‘llanma oldi, 2 nafar ishtirokchi esa kasb-hunar o‘quv kurslariga jalb qilindi.
❕ Bunday tadbirlar fuqarolarning bandligini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1