Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.61K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


FOTOREPORTAJ: YOSHLAR BILAN YUZMA-YUZ: MULOQOT, TASHABBUS VA E’TIROF

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda. Kecha o‘tkazilgan yarmarkadan so‘ng bugun ham navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, ertaga ham ushbu amaliy tadbirni davom ettirish rejalashtirilgan.

Bugungi mehnat yarmarkasi "To'ytepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.


Tadbir davomida 15 ta korxona va tashkilot tomonidan 382 ta bo‘sh ish o‘rni fuqarolar e’tiboriga havola qilindi. Ish izlayotgan fuqarolar korxona vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud vakant lavozimlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Yarmarkada 31 nafar ishsiz fuqaro qatnashib, ularga ishga joylashish, kasb tanlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada 3 nafar fuqaro ishga yo‘llanma oldi, 2 nafar ishtirokchi esa kasb-hunar o‘quv kurslariga jalb qilindi.

Bunday tadbirlar fuqarolarning bandligini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshondagi katta shou-konsertga marhamat!

Qaynoq jarayonlar boshlanishiga atigi 1 kun qoldi! Bayramona kechamiz 26-iyun kuni soat 19:00da Nurafshon shahridagi arenada bo‘lib o‘tadi.

Ulkan monitor, keng maydon hamda estradamizning eng mashhur san’atkorlari — Shohruhxon, Rayhon, Bojalar va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirokidagi shou-konsert sizni kutmoqda.


Sho‘x kuy-qo‘shiqlar, salyut-shou va eng asosiysi — yoshlarbop super atmosfera aynan shu yerda bo‘ladi.

Shuningdek, tadbir doirasida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi maxsus chiqishlar va targ‘ibot aksiyalari ham tashkil etiladi.


❗️Aytgancha, kirish mutlaqo bepul!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1