Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.61K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda. Kecha o‘tkazilgan yarmarkadan so‘ng bugun ham navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, ertaga ham ushbu amaliy tadbirni davom ettirish rejalashtirilgan.

Bugungi mehnat yarmarkasi "To'ytepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.


Tadbir davomida 15 ta korxona va tashkilot tomonidan 382 ta bo‘sh ish o‘rni fuqarolar e’tiboriga havola qilindi. Ish izlayotgan fuqarolar korxona vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud vakant lavozimlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Yarmarkada 31 nafar ishsiz fuqaro qatnashib, ularga ishga joylashish, kasb tanlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada 3 nafar fuqaro ishga yo‘llanma oldi, 2 nafar ishtirokchi esa kasb-hunar o‘quv kurslariga jalb qilindi.

Bunday tadbirlar fuqarolarning bandligini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshondagi katta shou-konsertga marhamat!

Qaynoq jarayonlar boshlanishiga atigi 1 kun qoldi! Bayramona kechamiz 26-iyun kuni soat 19:00da Nurafshon shahridagi arenada bo‘lib o‘tadi.

Ulkan monitor, keng maydon hamda estradamizning eng mashhur san’atkorlari — Shohruhxon, Rayhon, Bojalar va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirokidagi shou-konsert sizni kutmoqda.


Sho‘x kuy-qo‘shiqlar, salyut-shou va eng asosiysi — yoshlarbop super atmosfera aynan shu yerda bo‘ladi.

Shuningdek, tadbir doirasida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi maxsus chiqishlar va targ‘ibot aksiyalari ham tashkil etiladi.


❗️Aytgancha, kirish mutlaqo bepul!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1


Aholi murojaatlari e’tiborda: muammolar yechimi bo‘yicha navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi


Bugun Nurafshon shahrida aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligidagi tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi.

Qabul davomida aholi tomonidan uy-joy va qurilish, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, yer munosabatlari, infratuzilma hamda boshqa yo‘nalishlarga oid qator masalalar ko‘tarildi.

Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tartib-taomillarni talab qiladigan masalalar bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi hamda mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar yuklatildi. Murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olinishi ta’kidlandi.


Bunday sayyor qabullar fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning muammolarini bevosita o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, ochiq muloqot va xalq bilan yaqindan ishlash orqali hududdagi dolzarb masalalarni samarali hal etishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


NURAFSHONDA AVTOTRANSPORT HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

⛔️ “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va yoshlar festivallarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligini saqlash hamda favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida 2026-yil 26-iyun kuni soat 14:00 dan 23:59 ga qadar Nurafshon shahrining ayrim yo‘llarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

❗️Jumladan, D–002 Bektemir – Nurafshon – Ohangaron avtomobil yo‘lining 19–22-kilometr oralig‘ida (“Makro” savdo markazi chorrahasidan “Qorasuv” YPX maskanigacha) avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.


Haydovchilarga muqobil yo‘nalish sifatida Bobur ko‘chasi orqali Qorasuv — Bo‘ka — Bekobod avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanish tavsiya etiladi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda barcha fuqarolardan vaqtinchalik cheklovlarga amal qilishlarini so‘raymiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1👏1👌1🤝1
QANI YOSHLAR, HAMMA NURAFSHONGA!

🎉30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida katta bayram dasturi sizlarni kutmoqda.

Bayramona kechamiz 26-iyun kuni soat 19:00da Nurafshon arenada bo‘lib o‘tadi.

🎤 Ulkan monitor, keng maydon hamda estradamizning eng mashhur san’atkorlari — Shohruhxon, Rayhon, Bojalar va Ulug‘bek Yo‘lchiyev ishtirokidagi shou-konsert dasturi faqat siz uchun.


⭐️ Sho‘x kuy-qo‘shiqlar, salyut-shou va eng asosiysi — yoshlarbop super atmosfera aynan shu yerda bo‘ladi.

🚫 Shuningdek, tadbir doirasida
26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni
munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi maxsus chiqishlar va targ‘ibot aksiyalari ham tashkil etiladi.


😉 Aytgancha, kirish mutlaqo bepul!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

Bugun dunyo hamjamiyati insoniyat kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan eng xavfli illatlardan biri bo‘lmish giyohvandlikka qarshi murosasiz ekanligini yana bir bor namoyon qilmoqda.

26 iyun – nafaqat sana, balki har birimizni ogohlikka, mas’uliyatga va befarq bo‘lmaslikka chaqiruvchi kundir.

Zero, sog‘lom jamiyat – sog‘lom kelajak poydevoridir.
Giyohvandlikka qarshi kurash esa har birimizdan boshlanadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1