Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.6K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram
“Aziz o‘g‘il-qizlarim!

Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman.

Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang!

Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor!

Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!

– dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida.

Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.

Facebook|Instagram|X
1


TANISHING! NURAFSHONNING OLTIN AVLODLARI

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e'tibor hamda yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan nurafshonlik yigit-qizlar bugun ta'lim, ilm-fan, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarni qo'lga kiritib, yurtimiz sha'nini xalqaro maydonlarda munosib namoyon etmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahrining Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi, 48-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Serjanov Baxtjan Bekjan o'g'li xalqaro ta'lim yo'lida navbatdagi yuksak natijaga erishdi. U IELTS xalqaro imtihonidan 7.0 ball to'plab, SAT natijalari asosida AQSHning Merilend shtatidagi Notre Dame University of Maryland oliy ta'lim muassasasiga 100 foizlik grant asosida o'qishga qabul qilindi.


Aziz Nurafshon yoshlari! Bugun siz uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq. O'z ustingizda tinimsiz ishlang, bilim va salohiyatingizni muntazam oshirib boring. Ertangi yutuqlaringiz bugungi mehnat, izlanish va qat'iyat mahsulidir. Ishonamizki, Nurafshondan dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil oladigan, ilm-fan, sport va boshqa sohalarda Vatanimiz dovrug'ini yanada yuksaltiradigan yoshlar safi tobora kengayib boradi.

⚡️ Yoshlar kuni muborak bo'lsin!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


⚡️ Davlatimiz rahbari har gal biz, yoshlar bilan uchrashganlarida, biz o‘zbek yoshlariga naqadar mehribon ekanliklarini ich-ichimizdan his qilamiz — Komronbek Hakimov, Nurafshon shahar “Obod turmush” mahallasi yoshlar yetakchisi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1👏1🤝1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1


🇺🇿🇨🇳Nurafshonda yirik Xitoy investorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda raqamli boshqaruv tizimlari, sanoatni avtomatlashtirish, tibbiyot, qurilish, avtomobil sanoati, oziq-ovqat, to‘qimachilik, qurilish materiallari, aktivlarni boshqarish, media, axborot texnologiyalari hamda xalqaro biznes konsalting kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan 13 ta yirik Xitoy kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Unda Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Mamajonov hamda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Rustam Xaydarov tomonidan viloyatimizdagi har bir hudud, xususan, Nurafshon shahrining investitsiyaviy salohiyati, qulay geografik joylashuvi, zamonaviy infratuzilmasi, shuningdek, mamlakatimizdagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil tushuntirildi.

Xitoylik investorlar taqdim etilgan imkoniyatlarni yuqori baholab, Nurafshon shahrida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga katta qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga qadar Nurafshon shahrida 130 dan ortiq xorijiy va qo'shma korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 47 tasi xitoylik investorlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Investitsiyalarni jalb qilish yo‘nalishidagi bu kabi amaliy ishlar esa yuqoridagi ko‘rsatkichlarning yanada oshishiga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1👏1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


⚡️ Davlatimiz rahbarining bugungi yoshlar bilan muloqoti chin ma'noda tarixiy voqea bo'ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi — Husniddin Qurbonov, Nurafshon shahar “Degantepa” mahallasi yoshlar yetakchisi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


⚡️ NURAFSHONDA YOSHLAR SIYOSATI: ANIQ RAQAMLAR VA NATIJALAR

❗️2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida Nurafshon shahrida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda muhim ko‘rsatkichlar bilan tanishing.

BATAFSIL

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👏1


⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta'minlash hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo'lida fidokorona mehnat qilayotgan yoshlar yetakchilari e'tirof etildi.

Tadbir davomida o'zining tashabbuskorligi, mas'uliyati va samarali faoliyati bilan ajralib turgan yoshlar yetakchilariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.


Bildirilgan e'tibor va e'tirof yoshlar yetakchilarini yanada faol ishlashga, mahallalarda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish yo'lidagi sa'y-harakatlarini davom ettirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2👏2