Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.6K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Nurafshonda zamonaviy "aqlli chorraha" tizimlari joriy etilmoqda

Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash hamda transport oqimini samarali boshqarish maqsadida Nurafshon shahrida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, shahar hududidagi 8 ta chorraha hamda 4 ta tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joyi, jami 12 ta nuqta bosqichma-bosqich zamonaviy "aqlli chorraha" tizimlari bilan jihozlanmoqda. Mazkur tizimlar transport oqimini real vaqt rejimida tahlil qilib, qaysi yo‘nalishda transport vositalari ko‘proq to‘plangan bo‘lsa, svetoforning yashil chirog‘i davomiyligini avtomatik ravishda moslashtiradi. Natijada tirbandliklar kamayadi, transport harakati uzluksizligi ta'minlanadi hamda haydovchilar va piyodalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi.


Shuningdek, chorrahalarga o‘rnatilayotgan zamonaviy videokuzatuv kameralari orqali yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari avtomatik tarzda aniqlanadi. Ushbu tizimlar svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish, belgilangan tezlikni oshirish va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etib, yo‘l harakati intizomini mustahkamlashga xizmat qiladi.

"Aqlli chorraha" texnologiyalarining joriy etilishi yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish, harakat xavfsizligini oshirish, transport oqimini samarali boshqarish hamda zamonaviy raqamli boshqaruv tizimlarini keng tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

❗️Svetaforlar to‘liq ishga tushgunga qadar YPX xodimlari qurilish ishlari olib borilayotgan hududlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida har qanday ob-havo sharoitida yo‘l harakatini tartibga solmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


❗️Aholi muammolarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamovning fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.

🎥Batafsil — videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1


Nurafshon shahrining barcha mahallalarida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda atrof-muhitni yanada ozoda saqlashga qaratilgan hashar va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

Mazkur tashabbusga Nurafshon shahar sport maktabi jamoasi ham faol hissa qo‘shmoqda. Jamoa a’zolari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda hashar tashkil etib, gulzor va gulxonalarni begona o‘tlar hamda turli chiqindilardan tozalash, hudud qiyofasini yanada yaxshilash borasida samarali mehnat qilmoqda.

Bunday amaliy ishlar shahrimizning yanada obod, fayzli va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1👌1
🟦🟦

"Mahalla bog‘i" da obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

🟢Mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan shaharning kirish qismida joylashgan "Mahalla bog‘i" hududida keng ko‘lamli hashar va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hashar davomida bog‘dagi daraxtlarning tag qismi yumshatilib, hudud begona o‘tlar va turli chiqindilardan tozalanmoqda. Shuningdek, bog‘ning ekologik va estetik qiyofasini yanada yaxshilash maqsadida manzarali ko‘chatlar ekilib, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur obodonlashtirish tadbirlari shahrimizning yanada fayzli, ko‘rkam va ekologik jihatdan musaffo bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

Nurafshon shahrini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yashil hududlar ko‘lamini kengaytirish borasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Xususan, shahar hududidagi xiyobonlar, jamoat maskanlari, ko‘chalar va yashil maydonlarda manzarali daraxt hamda butalar, shuningdek, mavsumiy gullar ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

So‘nggi oylarda 100 ming tupdan ortiq shamshod, atirgul, gultojixo‘roz, geran, rayhon va archa ko‘chatlari ekilib, hududlarning estetik qiyofasi yanada yaxshilanmoqda.


Mazkur ishlar shahar ekologik muhitini sog‘lomlashtirish, aholi uchun yanada qulay va fayzli yashash muhitini yaratish hamda Nurafshonning zamonaviy va yashil shahar qiyofasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1