Nurafshonda "Mehrli oila" psixologik o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son "2026–2030-yillarga moʻljallangan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Nurafshon shahar hokimining tegishli komissiyasi qaroriga asosan "Mehrli oila" dasturiga start berildi.
Dasturga jami 11 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il-qiz hamda ularning ota-onalari jalb etilgan bo‘lib, kamida 72 akademik soat (48 astronomik soatdan kam bo‘lmagan) hajmdagi psixologik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichida ishtirokchilarga "Mehrli oila" xizmatining maqsad va vazifalari, voyaga yetmaganlarning psixoemotsional holati hamda xulq-atvor xususiyatlarini inobatga olgan holda ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, oiladagi sog‘lom psixologik muhitni tiklash hamda bolalarning ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan oilaviy terapiya xizmatlari bo‘yicha pedagogik va psixologik tavsiyalar berildi.
Mazkur dastur bolalar manfaatlarini ishonchli himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlash hamda farzand tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Nurafshon shahridagi mahalla hokim yordamchilari tomonidan hashar tashkil etildi.
Hashar davomida o‘zlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlar tagi yumshatilib, agrotexnik ishlov berildi, begona o‘tlar va turli chiqindilar tozalanib, yashil maydonlar tartibga keltirildi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari hududlar qiyofasini yaxshilash, ekologik musaffolikni ta’minlash hamda mahallalarni yanada obod va ko‘rkam etishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshondan Samarqandgacha — ma’naviy-ma’rifiy sayohat sari
✔️ Sayohat davomida ishtirokchilar qadimiy va navqiron Samarqandning tarixiy-me’moriy obidalari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Ruhobod, Boburshoh majmualari, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Registon maydoni hamda Islom Karimov maqbarasi ziyorat qilinib, ushbu maskanlarning boy tarixi, me’moriy ahamiyati va ma’naviy qadriyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shahar markazidagi Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari bilan tanishib, ularning borishini joyiga chiqqan holda birma-bir nazoratdan o‘tkazdi.
O‘rganish jarayonida tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari, soha mutasaddilari ishtirok etdi. Shahar qiyofasini tubdan yaxshilash, aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqilib, tanqidiy tahlil qilindi.
✅ Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan yo‘l infratuzilmasi, kommunal xizmatlar hamda hududlarni obodonlashtirish shuningdek uzoq vaqtdan beri foydalanilmay turgan obyektlar bilan bog‘liq mavjud muammolar joyida o‘rganilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan har bir kamchilik yuzasidan mas'ul tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi. Topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida ijro muddatlari belgilandi hamda ularning bajarilishi shaxsan shahar hokimi tomonidan nazorat qilinishi ta'kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1🔥1👏1🤝1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekiston Prezidenti Jahon banki va XVJ rahbariyati bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz yoshlarini bayram bilan tabriklab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta tashabbuslarni e’lon qildi. Gruziyaga tarixiy davlat tashrifi amalga oshirildi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Ózbekstan Prezidenti Jáhán banki hám XVF basshıları menen ushırastı. Mámleketimiz basshısı elimiz jasların bayram menen qutlıqlap, olardı qollap-quwatlaw boyınsha úlken baslamalardı járiyaladı. Gruziyaǵa tariyxıy mámleketlik sapar ámelge asırıldı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент Узбекистана встретился с руководством Всемирного банка и МВФ. Глава нашего государства поздравил молодежь страны с праздником и объявил масштабные инициативы в ее поддержку. Состоялся исторический государственный визит в Грузию.
—
Weekly review of the most important events: The President of Uzbekistan held meetings with the leadership of the World Bank and the International Monetary Fund. The Head of State congratulated the country’s youth on the holiday and announced large-scale initiatives to support them. A historic state visit to Georgia took place.
Facebook|Instagram|X
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Ózbekstan Prezidenti Jáhán banki hám XVF basshıları menen ushırastı. Mámleketimiz basshısı elimiz jasların bayram menen qutlıqlap, olardı qollap-quwatlaw boyınsha úlken baslamalardı járiyaladı. Gruziyaǵa tariyxıy mámleketlik sapar ámelge asırıldı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент Узбекистана встретился с руководством Всемирного банка и МВФ. Глава нашего государства поздравил молодежь страны с праздником и объявил масштабные инициативы в ее поддержку. Состоялся исторический государственный визит в Грузию.
—
Weekly review of the most important events: The President of Uzbekistan held meetings with the leadership of the World Bank and the International Monetary Fund. The Head of State congratulated the country’s youth on the holiday and announced large-scale initiatives to support them. A historic state visit to Georgia took place.
Facebook|Instagram|X
❤2