Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.57K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


RASMIY TAYINLOV

Dadamatova Gavhar Mahamadaliyevna Nurafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.


Gavhar Mahamadaliyevna Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2011-yilda Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏21


"Nurafshon Maxsus Texnika" zavodi ishlab chiqarish imkoniyatlari o'rganildi

Bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov hamda Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan "Nurafshon Maxsus Texnika" MChJ zavodida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, yangi texnologiyalar va korxonaning istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan tanishdi.

Korxona 50 million AQSH dollari miqdoridagi to‘liq xorijiy investitsiya hisobiga barpo etilgan bo‘lib, 346 ta ish o‘rni yaratilgan. Zavod yiliga 3,5 ming dona shassi, 1,5 ming dona maxsus texnika, 1,5–2 ming dona qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda 7 200 tonna metall konstruksiya ishlab chiqarish quvvatiga ega.


Shuningdek, korxonada yuqori texnologiyali bo‘yash va payvandlash liniyalari bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Bu esa ilgari import qilingan qator mahsulotlarni mahalliylashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini yanada kengaytirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish, shuningdek, “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по борьбе с опустыниванием и развитию пустынной экономики, а также внедрению принципов «зеленого города».

#Mirziyoyev #taqdimot #chullanish #yashilshahar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


Ertaga 7-iyul kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Oppoq" MFY dagi 10-maktabda, Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi fuqarolar, yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Ovoz_bering

❗️NURAFSHON SHAHRINING ENG FAOL YOSHLAR YETAKCHILARIDAN BIRI, "DEGANTEPA" MAHALLASI YIGIT-QIZLARI LIDERI HUSNIDDIN QURBONOVGA OVOZ BERING!

Mazkur so‘rovnoma viloyat miqyosida o‘tkazilmoqda. Shahrimiz vakilini munosib qo‘llab-quvvatlang, ovoz bering!


OVOZ BERISH

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahridagi ta'lim muassasalarida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari faol tashkil etilmoqda

Mazkur tadbirlar doirasida o‘quvchilar sport musobaqalari, ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, ijodiy to‘garaklar, intellektual tanlovlar hamda turli madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va iste'dodlarini namoyon etishmoqda.


🎥Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Avval xabar berilganidek, bugun Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda shahardagi qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, mas’ullarga ularni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.


🎥Tafsilotlar videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81👎1🔥1👏1
Нурафшон_шахар_ИЮЛ_ОЙИ_ВАКАНЦИЯСИ.xlsx
44.2 KB


Nurafshon shahar hokimligi ishsiz fuqarolarni shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga taklif etadi

Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ayni paytda ish izlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizning mutaxassisligingiz, malakangiz va qiziqishlaringizga mos bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, ishga joylashish masalasida qo‘shimcha ma’lumot olish yoki amaliy ko‘makka ehtiyoj sezsangiz, yashash hududingizdagi hokim yordamchisi yoki mahalla yettiligi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.


❗️Sizni munosib ish bilan ta’minlash va bandligingizni oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM