Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.57K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Nurafshonda sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi


Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov taklifiga binoan tashkil etilgan qabulda Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i tomonidan fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasiga oid murojaatlarini o‘rganib, mavjud muammolariga amaliy yechimlar taqdim etildi.

Unda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, shahar sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari, shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Xalq qabulxonasi rahbarlari ishtirok etdi.


Qabul davomida fuqarolar tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, davolanish jarayonlari, dori-darmon ta’minoti, nogironlikni rasmiylashtirish, ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik va davolanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Jarayonda jami 30 ta murojaat qabul qilindi. Shundan 9 ta murojaat yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi, 1 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 11 ta murojaat tibbiyot birlashmasi tomonidan ijroga olindi, 9 ta murojaat esa Inson ijtimoiy xizmatlar markaziga tegishli tartibda yo‘naltirildi.


Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarga tezkor yechim topishga qaratilgan bunday sayyor qabullar aholi manfaatlarini ta’minlash hamda davlat organlarining xalq bilan ochiq muloqotini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥2🤝1


Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan "Shukronalik" loyihasi doirasida bugun shahar Nuroniy maskanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika Nuroniy jamg‘armasi mas'ullari, shahar Nuroniy jamg‘armasi raisi J.Axmedqulov va faol nuroniylar ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining beqiyos qadri, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.


Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar, badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM