Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.57K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram


Nurafshonda sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi


Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov taklifiga binoan tashkil etilgan qabulda Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i tomonidan fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasiga oid murojaatlarini o‘rganib, mavjud muammolariga amaliy yechimlar taqdim etildi.

Unda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, shahar sog‘liqni saqlash tizimi mas’ullari, shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Xalq qabulxonasi rahbarlari ishtirok etdi.


Qabul davomida fuqarolar tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, davolanish jarayonlari, dori-darmon ta’minoti, nogironlikni rasmiylashtirish, ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik va davolanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Jarayonda jami 30 ta murojaat qabul qilindi. Shundan 9 ta murojaat yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi, 1 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 11 ta murojaat tibbiyot birlashmasi tomonidan ijroga olindi, 9 ta murojaat esa Inson ijtimoiy xizmatlar markaziga tegishli tartibda yo‘naltirildi.


Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarga tezkor yechim topishga qaratilgan bunday sayyor qabullar aholi manfaatlarini ta’minlash hamda davlat organlarining xalq bilan ochiq muloqotini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥2🤝1


Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan "Shukronalik" loyihasi doirasida bugun shahar Nuroniy maskanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika Nuroniy jamg‘armasi mas'ullari, shahar Nuroniy jamg‘armasi raisi J.Axmedqulov va faol nuroniylar ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining beqiyos qadri, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.


Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar, badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Qumariq — "Og‘ir mahalla"dan ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hudud sari

Nurafshon shahridagi Qumariq mahallasi Prezidentning PQ–49-son qarori asosida "og‘ir mahalla" sifatida tanlab olinib, aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️Aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsadida subsidiyalar hamda imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 50 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham qo‘shimcha imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

✔️VM–158-son qarori hamda "Oilaviy tadbirkorlik va biznesga birinchi qadam" Davlat dasturlari doirasida 27 ta oilaga qariyb 410 mln so‘m subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratildi.

✔️ "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida brokkoli karam yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, mahsulot ichki bozor bilan birga eksportga ham chiqarilmoqda. 30 ga yaqin xonadonda issiqxonalar tashkil etilib, pomidor, bodring va ko‘kat mahsulotlari yetishtirilmoqda.

✔️Hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 2,2 kilometr asfalt yo‘l yotqizildi, mahalla kirish qismiga arka o‘rnatildi.

✔️Shuningdek, ehtiyojmand oilalar uchun 300 kVt quvvatdagi quyosh panellari, yoshlar uchun workout va mini-futbol maydoni, 200 ga yaqin xonadon tomorqalarini sug‘orish tarmoqlarini tortish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.


❗️Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar natijasida Qumariq mahallasi yil yakuniga qadar PQ–49-son qarori asosida ishsizlik va kambag‘allikdan holi hududga aylantiriladi.

🎥Batafsil — videolavhada.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


NURAFSHON SHAHRIDA “XAVFSIZ VA SOGʻLOM YURT” KOMPLEKS TEZKOR-PROFILAKTIK TADBIRLARI DOIRASIDA KENG QAMROVLI NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Yuldashev rahbarligida shaxsiy tarkib ishtirokida xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Hududda oylik doirasida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib boriloqda. Jumladan, Nurafshon shahar MvaPB xodimlari hamda HPB xodimlari bilan hamkorlikda shahardagi qurilish obyektlarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Tekshiruvlar davomida mehnat faoliyati, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda hududlarda jamoat tartibini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tungi vaqtda xizmat olib borayotgan avtoekipajlar faoliyati ko‘zdan kechirilib, xodimlarning xizmatni olib borish sifati, hushyorligi va xizmat intizomi joyiga chiqqan holda tekshirildi.

Bundan tashqari, "Ishonch" tungi xizmati faoliyati ham nazorat qilinib, mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Kompleks tadbirlar doirasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi reydlar, fuqarolar o‘rtasida noqonuniy olib yurilishi taqiqlangan sovuq jismlarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ham olib borildi.


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!
Yurtimiz tinchligi, mahallalarimiz osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash barchamizning umumiy masʼuliyatimizdir. Shu bois, “Xavfsiz va sogʻlom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari davomida sizlarni huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, shubhali holatlar haqida o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish hamda ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib, yurtimiz tinchligi va xavfsizligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshishga chorlaymiz.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM