Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1👏1🤝1
Uch mahalla aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
🔴 Tibbiy ko‘rik davomida umumiy amaliyot shifokori, jarroh, oftalmolog, nevropatolog, ginekolog, urolog, otorinolaringolog va pediatr kabi tor soha mutaxassislari tomonidan fuqarolar salomatligi ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, laborator va instrumental tekshiruvlar, elektrokardiografiya (EKG) hamda ultratovush tekshiruvi (UTT) xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilib, aholiga sifatli va kompleks tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
O‘quvchilar uchun mazmunli va vatanparvarlik ruhidagi sayohat
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Nurafshon shahridagi 13-, 19-, 25- va 26-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 250 nafar o‘quvchisi uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Nurafshon shahar IIB xodimlari kuzatuvi ostida o‘tgan mazkur sayohat davomida o‘quvchilar Amir Temur muzeyi, G‘alaba bog‘i, Shahidlar xotirasi muzeyi hamda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, yurtimiz tarixi, milliy merosi va qahramonlari hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va tarixiy xotiraga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1