To‘ytepa mahallasida "aqlli svetaforlar" o‘rnatilmoqda
❗️Ayni paytda shahar hududidagi 8 ta chorraha va 4 ta tartibga solinadigan piyodalar o‘tish joyi, jami 12 ta nuqtada mazkur tizimlarni bosqichma-bosqich o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
❗️Bundan tashqari, chorrahalarga o‘rnatilayotgan zamonaviy videokuzatuv kameralari yo‘l harakati qoidalari buzilishini avtomatik ravishda aniqlash imkoniyatiga ega. Xususan, svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish, belgilangan tezlik me’yorini oshirish hamda boshqa qoidabuzarliklar elektron tarzda qayd etilib, yo‘l harakati intizomini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda moʻjazgina yangi bogʻ barpo etildi
Ayni kunlarda Nurafshon shahrida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Shaharning turli hududlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari natijasida zamonaviy infratuzilma barpo etilib, yashil hududlar kengaytirilmoqda.
Shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida olib borilayotgan tizimli ishlar samarasida Nurafshon tobora zamonaviy va obod shaharga aylanib, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlik ruhini o‘zida yaqqol namoyon etmoqda.
✅ Xususan, Nurafshon Business City majmuasi kirish qismida zamonaviy talablar asosida moʻjazgina bogʻ barpo etildi. Mazkur maskanda turfa xil manzarali daraxt va buta ko‘chatlari, rang-barang gullar ekilib, yashil hududning doimiy parvarishini ta'minlash maqsadida zamonaviy avtomatik sugʻorish tizimi o‘rnatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat faoliyatingizni tekshirishni unutmang!
✔️ Bugun tekshiring — ertangi xotirjamligingizni ta’minlang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biznesingiz uchun qulay va gavjum hududdan joy izlayapsizmi?
Nurafshon shahar hokimligi yirik brend vakillari, tadbirkorlar hamda o‘z biznesini boshlash yoki kengaytirish istagidagi yurtdoshlarimizni hamkorlikka chorlaydi.
✅ Nurafshon shahrining markaziy ko‘chasi bo‘ylab barpo etilgan zamonaviy savdo nuqtalarida o‘z faoliyatingizni yo‘lga qo‘ying va biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing. Siz uchun qulay shartlar va maqbul narxlardagi eng istiqbolli joylar taklif etiladi.
Siz ham biznesingizni Nurafshonda rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling va o‘zingizga mos savdo shoxobchasini xarid qiling.
Biznesingizni Toshkent viloyatining ma’muriy markazi — Nurafshon shahrida rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Press-tur davomida ishtirokchilar korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan yangi ish o‘rinlari, ilg‘or texnologiyalar hamda hududning investitsiyaviy salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
📸 Press-tur jarayonlaridan batafsil lavhalar va ma'lumotlar tez orada e'lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jarayon tafsilotlari bilan “Nurafshon TV” tayyorlagan lavha orqali tanishing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Degantepada mehnat yarmarkasi o'tkazildi
Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.
✅ Bugungi mehnat yarmarkasi "Degantepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 11 ta korxona va tashkilot tomonidan 285 ta bo‘sh ish o‘rni fuqarolar e’tiboriga havola qilindi. Ish izlayotgan fuqarolar korxona vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud vakant lavozimlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Yarmarkada 22 nafar ishsiz fuqaro qatnashib, ularga ishga joylashish, kasb tanlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada 1 nafar fuqaro ishga yo‘llanma oldi, 3 nafar ishtirokchi esa kasb-hunar o‘quv kurslariga jalb qilindi.
❕ Bunday tadbirlar fuqarolarning bandligini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon mahallalari “Zakovat” maydonida bellashdi
O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi hamda Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida mahallalar o‘rtasida “O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi raisi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.
Musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan mahalla jamoalari ishtirok etib, turli yo‘nalishlardagi mantiqiy va bilimga oid savollarga tezkor hamda aniq javob berish orqali o‘zlarining intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida kechdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan “Nurafshon” hamda “Navro‘z” mahalla jamoalari g‘olib deb topildi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirilib, ular musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
❕Mazkur intellektual bellashuv mahallalarda kitobxonlik va bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
G‘olib jamoalarga viloyat bosqichida ham muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1