Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
47.8K photos
4.57K videos
63 files
13.7K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida har haftaning payshanba kuni rahbarlar va yoshlar uchrashuvi o'tkazilib, hududdagi yigit-qizlarning muammo va takliflari o'rganilmoqda, ularning tashabbuslari esa har tomonlama qo'llab-quvvatlanmoqda.

Jarayon tafsilotlari bilan “Nurafshon TV” tayyorlagan lavha orqali tanishing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Degantepada mehnat yarmarkasi o'tkazildi

Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Bugungi mehnat yarmarkasi "Degantepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib o‘tdi. Unda Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi, Adliya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mas’ullari ishtirok etdi.


Tadbir davomida 11 ta korxona va tashkilot tomonidan 285 ta bo‘sh ish o‘rni fuqarolar e’tiboriga havola qilindi. Ish izlayotgan fuqarolar korxona vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud vakant lavozimlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldilar. Yarmarkada 22 nafar ishsiz fuqaro qatnashib, ularga ishga joylashish, kasb tanlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada 1 nafar fuqaro ishga yo‘llanma oldi, 3 nafar ishtirokchi esa kasb-hunar o‘quv kurslariga jalb qilindi.

Bunday tadbirlar fuqarolarning bandligini oshirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda oilalar farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon mahallalari “Zakovat” maydonida bellashdi

O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi hamda Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida mahallalar o‘rtasida “O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi raisi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

Musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan mahalla jamoalari ishtirok etib, turli yo‘nalishlardagi mantiqiy va bilimga oid savollarga tezkor hamda aniq javob berish orqali o‘zlarining intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida kechdi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan “Nurafshon” hamda “Navro‘z” mahalla jamoalari g‘olib deb topildi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirilib, ular musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.


Mazkur intellektual bellashuv mahallalarda kitobxonlik va bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

G‘olib jamoalarga viloyat bosqichida ham muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Ищете удобное и оживлённое место для своего бизнеса?


Хокимият города Нурафшан приглашает к сотрудничеству представителей крупных брендов, предпринимателей, а также всех соотечественников, желающих начать или расширить свой бизнес.

Откройте своё дело в современных торговых объектах, расположенных вдоль центральной улицы города Нурафшан, и выведите бизнес на новый уровень. Для вас предлагаются наиболее перспективные площадки на выгодных условиях и по доступным ценам.


Если вы тоже хотите развивать свой бизнес в Нурафшане, свяжитесь по указанному ниже номеру телефона и приобретите подходящее для вас торговое помещение.
☎️ +998 99 370 66 08

Воспользуйтесь возможностью развивать свой бизнес в выгодной локации города Нурафшан — административного центра области!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🏆 “Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda

Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi.

Bunda:

🟣 15-iyuldan 3-avgustgacha loyihalarni kiritish;

🟣 4–18-avgust kunlari loyihalarni saralash;

🟣 19–21-avgust kunlari targ‘ibot bosqichi;

🟣 22–31-avgust kunlari ovoz berish bosqichi;

🟣 1–10-sentabr kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.

☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.

Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumida tanaffusga tushgan mahallalar ro‘yxati e’lon qilindi

🟢Xabaringiz bor, “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida ketma-ket ikki mavsumda g‘olib bo‘lgan mahallalar uchun navbatdagi ikki mavsumda loyiha kiritishni cheklash amaliyoti joriy etilgan.


📄 Bunga ko‘ra, avvalgi mavsumlarda ketma-ket g‘olib bo‘lgan hamda 2026-yilgi 2-mavsumda loyiha kiritish imkoniyati cheklanadigan mahallalar ro‘yxati shakllantirildi.

Nurafshon shahrida Tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil 2- mavsumida tanaffus olgan MFY lar quyidagilar:
-Yangiobod MFY
-Hurriyat MFY
-Dehqonobod MFY
-Obod MFY
-Tuy-tepa MFY
-Qumariq MFY


Mazkur havola orqali tuman (shahar)lar kesimida loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, tanaffus qo‘llangan mahallalar tomonidan ham sherikchilik asosida loyihalarni ilgari surish imkoniyati mavjudligini ma’lum qilamiz.

Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM