Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumida tanaffusga tushgan mahallalar ro‘yxati e’lon qilindi
✅ Nurafshon shahrida Tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil 2- mavsumida tanaffus olgan MFY lar quyidagilar:
-Yangiobod MFY
-Hurriyat MFY
-Dehqonobod MFY
-Obod MFY
-Tuy-tepa MFY
-Qumariq MFY
Mazkur havola orqali tuman (shahar)lar kesimida loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Shuningdek, tanaffus qo‘llangan mahallalar tomonidan ham sherikchilik asosida loyihalarni ilgari surish imkoniyati mavjudligini ma’lum qilamiz.
Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎3
#eslatma
Jazirama kunlarda befarq bo‘lmang — salomatlik va tabiatni asrang!
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 13–17-iyul kunlari respublika hududiga janubdan o‘ta issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda havo harorati 44–46°C gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
Anomal issiq havo nafaqat inson salomatligiga, balki mamlakatimizdagi yashil hududlar, daraxt va butalar, qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda hayvonot dunyosiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu bois, o‘zingiz, yaqinlaringiz va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqorida keltirilgan tavsiyalarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz. Bunday oddiy ehtiyot choralariga rioya qilish salomatlikni asrash, tabiatni muhofaza qilish hamda anomal issiqning salbiy oqibatlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Jazirama kunlarda befarq bo‘lmang — salomatlik va tabiatni asrang!
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 13–17-iyul kunlari respublika hududiga janubdan o‘ta issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda havo harorati 44–46°C gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
Anomal issiq havo nafaqat inson salomatligiga, balki mamlakatimizdagi yashil hududlar, daraxt va butalar, qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda hayvonot dunyosiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu bois, o‘zingiz, yaqinlaringiz va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqorida keltirilgan tavsiyalarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz. Bunday oddiy ehtiyot choralariga rioya qilish salomatlikni asrash, tabiatni muhofaza qilish hamda anomal issiqning salbiy oqibatlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌳 Nurafshonda yashil hududlarni asrash ishlari izchil tashkil etilmoqda
Yozning jazirama kunlarida Nurafshon shahri hududidagi yashil maydonlar, daraxt va manzarali o‘simliklarni saqlab qolish maqsadida zamonaviy, suvni tejovchi sug‘orish tizimlari orqali muntazam sug‘orish ishlari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, shahardagi barcha yashil hududlarda mavjud sug‘orish tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan hududlarda esa yangi zamonaviy sug‘orish liniyalari o‘rnatilib, yashil maydonlarni uzluksiz suv bilan taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur ishlar shahar ekologik muhitini yanada yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish darajasini oshirish hamda yashil hududlarni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ Unda xotin-qizlar korxonalardagi ish jarayonlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda yaratilgan mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Tadbir yakunida ko‘plab xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.
Jarayon tafsilotlari bilan “Nurafshon TV” tayyorlagan lavha orqali tanishing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shahar obodligi yo‘lida tizimli ishlar davom etmoqda
Nurafshon shahrida hududlarni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda shahar qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirish borasidagi ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Xususan, Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent yo‘li ko‘chasi hamda shaharning boshqa hududlaridagi ko‘chalar, ichki yo‘laklar, ariq-zovurlar va jamoat joylarida keng ko‘lamli tozalik ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yashil hududlarni kengaytirish va parvarishlash, sug‘orish tizimlarini nazorat qilish, gul va manzarali ko‘chatlar ekish, begona o‘tlardan tozalash hamda obodonlashtirish tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda aholining kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlari mustahkamlanmoqda
🔴Raqamli transformatsiya sharoitida kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish har bir fuqaro uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Cyber University davlat universiteti tomonidan respublika hududlarida, jumladan, Nurafshon shahrida ham aholining kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan to‘g‘ri va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot va amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida qishki ta’til davomida respublika bo‘yicha 134 ming nafar aholi qamrab olindi. Yil yakuniga qadar esa 840 ming nafardan ortiq fuqaroni ushbu loyiha bilan qamrab olish rejalashtirilgan.
🔘 Tadbirlar davomida internet firibgarligi va fishing hujumlaridan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli saqlash, kuchli parollar hamda ikki bosqichli himoya (2FA) vositalaridan foydalanish, shuningdek, ChatGPT va boshqa sun’iy intellekt platformalaridan xavfsiz hamda samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
❗️Hurmatli Nurafshon shahri aholisi! Internet tarmog‘idan foydalanishda hushyor bo‘ling, shaxsiy ma’lumotlaringizni ishonchli himoya qiling hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan xavfsiz va mas’uliyatli foydalaning.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1
Nurafshon shahri markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishining 60 foizdan ortig‘i bajarildi
Avval xabar berilganidek, Nurafshon shahri markazida piyodalar xavfsizligini ta’minlash va transport harakatini yanada tartibga solish maqsadida zamonaviy yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi barpo etilmoqda.
Mazkur inshootning uzunligi 44 metr, kengligi 4,5 metr, balandligi esa 2,5 metrni tashkil etadi. Hozirda markaziy yo‘lning har ikki tomonida qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, bugungi kunga kelib qurilish ishlarining 60 foizdan ortig‘i bajarilgan. Barcha jarayonlar belgilangan loyiha talablari asosida, sifat va xavfsizlik me’yorlariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.
E’tiborlisi, qurilish ishlari davom etayotganiga qaramay, markaziy ko‘chadagi transport harakati to‘xtatilmaydi. Bu esa haydovchilar va piyodalar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.
Loyiha to‘liq foydalanishga topshirilgach, piyodalarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi ta’minlanadi, transport oqimi yanada tartibga solinadi hamda shahar markazidagi harakat xavfsizligi sezilarli darajada oshadi.
Ma’lumot o‘rnida, yaqin kunlarda shaharning boshqa hududlarida ham yana ikkita zamonaviy yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan. Bu loyihalar Nurafshon shahrining zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirish va aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👎2👏1🤝1