Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.5K photos
4.76K videos
64 files
14K links
Download Telegram


🌳 Nurafshonda yashil hududlarni asrash ishlari izchil tashkil etilmoqda

Yozning jazirama kunlarida Nurafshon shahri hududidagi yashil maydonlar, daraxt va manzarali o‘simliklarni saqlab qolish maqsadida zamonaviy, suvni tejovchi sug‘orish tizimlari orqali muntazam sug‘orish ishlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, shahardagi barcha yashil hududlarda mavjud sug‘orish tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan hududlarda esa yangi zamonaviy sug‘orish liniyalari o‘rnatilib, yashil maydonlarni uzluksiz suv bilan taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur ishlar shahar ekologik muhitini yanada yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish darajasini oshirish hamda yashil hududlarni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov tashabbusi bilan hududdagi ishsiz xotin-qizlar uchun yirik korxonalarga mehnat ekskursiyasi tashkil etildi.

Unda xotin-qizlar korxonalardagi ish jarayonlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda yaratilgan mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Tadbir yakunida ko‘plab xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.


Jarayon tafsilotlari bilan “Nurafshon TV” tayyorlagan lavha orqali tanishing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Shahar obodligi yo‘lida tizimli ishlar davom etmoqda

Nurafshon shahrida hududlarni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda shahar qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirish borasidagi ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

Xususan, Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent yo‘li ko‘chasi hamda shaharning boshqa hududlaridagi ko‘chalar, ichki yo‘laklar, ariq-zovurlar va jamoat joylarida keng ko‘lamli tozalik ishlari amalga oshirilmoqda.


Shu bilan birga, yashil hududlarni kengaytirish va parvarishlash, sug‘orish tizimlarini nazorat qilish, gul va manzarali ko‘chatlar ekish, begona o‘tlardan tozalash hamda obodonlashtirish tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda aholining kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlari mustahkamlanmoqda

🔴
Raqamli
transformatsiya sharoitida kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish har bir fuqaro uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Cyber University davlat universiteti tomonidan respublika hududlarida, jumladan, Nurafshon shahrida ham aholining kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan to‘g‘ri va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot va amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida qishki ta’til davomida respublika bo‘yicha 134 ming nafar aholi qamrab olindi. Yil yakuniga qadar esa 840 ming nafardan ortiq fuqaroni ushbu loyiha bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

🔘Tadbirlar davomida internet firibgarligi va fishing hujumlaridan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli saqlash, kuchli parollar hamda ikki bosqichli himoya (2FA) vositalaridan foydalanish, shuningdek, ChatGPT va boshqa sun’iy intellekt platformalaridan xavfsiz hamda samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.


✔️Tashabbusning o‘ziga xos jihati shundaki, targ‘ibot ishlari Cyber University talabalari tomonidan mahallalar, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida amalga oshirilmoqda. Bu orqali aholining raqamli savodxonligini oshirish, kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini keng jamoatchilik orasida shakllantirish ko‘zda tutilgan.

❗️Hurmatli Nurafshon shahri aholisi! Internet tarmog‘idan foydalanishda hushyor bo‘ling, shaxsiy ma’lumotlaringizni ishonchli himoya qiling hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan xavfsiz va mas’uliyatli foydalaning.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1


Nurafshon shahri markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishining 60 foizdan ortig‘i bajarildi

Avval xabar berilganidek, Nurafshon shahri markazida piyodalar xavfsizligini ta’minlash va transport harakatini yanada tartibga solish maqsadida zamonaviy yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi barpo etilmoqda.

Mazkur inshootning uzunligi 44 metr, kengligi 4,5 metr, balandligi esa 2,5 metrni tashkil etadi. Hozirda markaziy yo‘lning har ikki tomonida qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.


Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, bugungi kunga kelib qurilish ishlarining 60 foizdan ortig‘i bajarilgan. Barcha jarayonlar belgilangan loyiha talablari asosida, sifat va xavfsizlik me’yorlariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.

E’tiborlisi, qurilish ishlari davom etayotganiga qaramay, markaziy ko‘chadagi transport harakati to‘xtatilmaydi. Bu esa haydovchilar va piyodalar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.

Loyiha to‘liq foydalanishga topshirilgach, piyodalarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi ta’minlanadi, transport oqimi yanada tartibga solinadi hamda shahar markazidagi harakat xavfsizligi sezilarli darajada oshadi.

Ma’lumot o‘rnida, yaqin kunlarda shaharning boshqa hududlarida ham yana ikkita zamonaviy yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan. Bu loyihalar Nurafshon shahrining zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirish va aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👎2👏1🤝1


Ayni vaqtda Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati hamda Oʻzbekiston 24 telekanali ijodkorlari hamkorligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Shukronalik hisi” nomli maxsus koʻrsatuv suratga olinmoqda.

Mazkur loyiha istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda tinch va farovon hayotimizning qadr-qimmatini yoritishga xizmat qiladi. Koʻrsatuv orqali yurtdoshlarimizning Vatanga muhabbati, shukronalik tuygʻusi va mustaqillik neʼmatiga boʻlgan yuksak ehtiromi keng yoritilishi koʻzda tutilgan.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1🔥1