Nurafshonda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
Nurafshon shahar gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan Obod, Taraqqiyot, Birlik, Oppoq hamda Nurafshon mahallalari hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida keng ko‘lamli profilaktik va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida tabiiy gaz tarmoqlarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, quvurlar korroziyaga qarshi maxsus bo‘yoqlar bilan qayta bo‘yamoqda. Shuningdek, gaz taqsimlash punktlari himoya qoplamalari bilan jihozlanib, ularning ishonchli va xavfsiz ishlashini ta'minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Ushbu ishlar iste'molchilarni kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan uzluksiz va xavfsiz ta'minlash, gaz ta'minoti tizimining barqaror faoliyatini ta'minlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1👏1👌1
Hashar — obodlik va birdamlik timsoli
🔂 Bugun ham Nurafshon shahrida ommaviy hashar tashkil etilib, hududdagi korxona-tashkilotlar vakillari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda ko‘ngilli fuqarolar bir yoqadan bosh chiqarib obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. Hashar davomida hududlar tartibga keltirilib, yashil maydonlar parvarishlandi va atrof-muhit yanada obod qilindi.
Hashar davomida ishtirokchilar uchun dasturxon yozilib, kuy-qo'shiqlar jo'rligida samimiy mehmondorchilik tashkil qilindi. Ushbu ezgu tashabbusga Nurafshon mahallasining faol tadbirkorlari ham munosib hissa qo‘shib, hashar qatnashchilarini mehmon qilish orqali hamjihatlik va saxovatning yorqin namunasini namoyon etdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥1👏1
Taraqqiyot mahallasida oqava suv tarmoqlarini tortish ishlari jadal davom etmoqda
🔂 Bugungi kunga qadar 1,5 kilometr masofada oqava suv tarmoqlari yotqizildi. Loyiha to‘liq yakunlangach esa jami 5 kilometr uzunlikdagi yangi tarmoqlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining turmush sifatini yanada oshirish, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda zamonaviy kommunal infratuzilmadan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1