Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.3K photos
4.74K videos
63 files
13.9K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahar
#Marifat_MFY

Nurafshon shahri “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘inida tungi vaqtlarda xavfsizlikni ta’minlash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ichki ko‘chalarga quyosh energiyasidan quvvat oluvchi yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda.

Ushbu ishlar Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyihadan ko‘zlangan maqsad – mahalla hududini yorug‘ va xavfsiz qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishdir.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1🔥1
Forwarded from Nurafshon yoshlari (Media Nurafshon)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chorlov
#Nurafshon_shahar

Nurafshonga – yoshlar festivaliga marhamat!
Aziz viloyatimiz yoshlari, Toshkent viloyati ahli!
Sizlarni bugun soat 19:00 da Nurafshon shahri markaziy o‘yingohidagi "Yoshlar kuni" munosabati bilan o‘tkazilayotgan katta gala-konsert dasturiga taklif etamiz.
Tadbirda estradamizning sevimli xonandalari Shoxruhxon, "Bojalar" guruhi, taniqli kulgu jamoalari hamda bir guruh sanʼatkorlar ishtirok etadi.
Shuningdek, kuy-qo‘shiqlar, salyut-shou va eng asosiysi yoshlarbop super atmosfera sizni kutmoqda.
Nurafshonga, "Yoshlar kuni" konsert dasturiga marhamat!

Kirish mutlaqo bepul.

📍ManzilNurafshon markaziy o‘yingohi (Sada stadion)

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Q.Ochilova
R.Ruzibayev
H.Qurbonov
I.Maxmudov


🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
#Nurafshon_shahar
#SIYOSIY_MARIFAT_SOATI

⚡️Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan  vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha tuman va shaharlar hokimliklari xodimlari va davlat tashkiloti xodimlari uchun "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etilmoqda.


⚡️Joriy yilning 11-iyul  kuni "Siyosiy-maʼrifаt soati" Nurafshon shahar hokimlik xodimlari va korxon-tashkilotlari rahbarlari uchun yuqori saviyada tashkil etildi. Eslatib oʻtamiz, "Siyosiy-maʼrifat soati" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.

@Nurafshon_shahar_manaviyat
👍1
#Nurafshon_shahar
#NurafshonMFY

🇺🇿 “Dolzarb 90 kunlik” doirasida Nurafshon mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan maqsad yoshlarning kelajakka bo‘lgan qiziqishini orttirish, ularga yoshi ulug‘ insonlarning hayot tajribasini tanishtirgan holda o‘z maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish samaradorligini oshirish ko‘zda tutildi.

🔵 Yoshlar kelajak bunyodkori!
#Nurafshonshahar #NurafshonMFY #Dolzarb90kunlik #tashabbus #3avloduchrashuvi #yoshlar #kelajagi
👍31
🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar

Og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan Nurafshon mahallasida hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay va farovon sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, mahallaning “Yoshlik” ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi zovur bo‘ylari maxsus texnikalar yordamida tekislanib, yo‘l qismi kengaytirilmoqda. Mazkur ishlar natijasida ko‘chaning transport qatnovi uchun qulayligi oshirilib, hududning obodonchiligi va sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, mahalladagi aholi xonadonlarining tashqi devorlari oqlanib, ko‘cha va hududlar tartibga keltirilmoqda.

Obodonlashtirish ishlari mahalla qiyofasini yanada chiroyli va fayzli ko‘rinishga keltirish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

📍 Jarayon davom etmoqda...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar

Nurafshon” mahallasi I.Karimov ko‘chasidagi asosiy yo‘llar chetlari begona o‘tlar va tikanaklardan tozalanib, hudud obodonlashtirilmoqda.

❗️Ushbu ishlar ko‘cha va yo‘l bo‘ylarining sanitariya holatini yaxshilash, hududni yanada ozoda va ko‘rkam ko‘rinishga keltirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

📍 Jarayon davom etmoqda...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar

Nurafshon” mahallasi I.Karimov ko‘chasidagi asosiy yo‘llar chetlari begona o‘tlar va tikanaklardan tozalanib, hudud obodonlashtirilmoqda. Aholi yashash xonadonlari tashqi devorlari va eshiklariga rang berilib, hudud obodligi taʼminlanmoqda.

❗️Ushbu ishlar ko‘cha va yo‘l bo‘ylarining sanitariya holatini yaxshilash, hududni yanada ozoda va ko‘rkam ko‘rinishga keltirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

📍 Jarayon davom etmoqda...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar

Hurriyat mahallasida obodonlashtirish hashari o‘tkazildi

Nurafshon shahar “Hurriyat” mahallasi hududidan o‘tuvchi temir yo‘l yoqalari va unga tutash hududlarda obodonlashtirish hamda tozalik ishlarini olib borish maqsadida hashar tashkil etildi.

Unda mahalla yettiligi, hudud faollari va mahalla ahli faol ishtirok etib, temir yo‘l yoqalaridagi chiqindilar yig‘ishtirildi, hudud begona o‘t va keraksiz narsalardan tozalandi.

Bunday hasharlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla hududida obodlik va tozalikni ta’minlash, atrof-muhitni asrash hamda aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratishdir.

📍 Jarayon davom etmoqda...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar

Vazifa, ijro, nazorat: Tayanch mahallada amalga oshirilgan kunlik ishlar sarhisob qilindi

Avval xabar qilinganidek, Nurafshon shahridagi og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan “Nurafshon” mahallasida hududni kompleks rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bugungi ish kuni avvalida shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq taqsimlanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi kun davomida joyiga chiqqan holda o‘rganilib, amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar tahlil qilindi.

Kun yakunida esa shahar hokimi tomonidan tayanch mahallada kun davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosi va natijadorligi muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni tizimli davom ettirish va har bir yo‘nalish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.


Shahar hokimi o‘z nutqida mahallani obod qilish va ijtimoiy muammolarni hal etish bilan bir qatorda, aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish muhim vazifa ekanini ta’kidladi. Bu borada keng jamoatchilik, nuroniylar, ta’lim muassasalarining ma’naviyat targ‘ibotchilari hamda psixologlarning o‘rni alohida ekaniga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada aholi o‘rtasida tomorqadan samarali foydalanish va tomorqa madaniyatini rivojlantirish, xonadonlar atrofini obodonlashtirish, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

❗️Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, natijadorlikni oshirish va amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📍 Jarayon davom etmoqda...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2