Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.69K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar

Og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan “Nurafshon” mahallasida hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay va farovon sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, mahallaning “Yoshlik” ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi zovur bo‘ylari maxsus texnikalar yordamida tekislanib, yo‘l qismi kengaytirilmoqda. Mazkur ishlar natijasida ko‘chaning transport qatnovi uchun qulayligi oshirilib, hududning obodonchiligi va sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, mahalladagi aholi xonadonlarining tashqi devorlari oqlanib, ko‘cha va hududlar tartibga keltirilmoqda.

Obodonlashtirish ishlari mahalla qiyofasini yanada chiroyli va fayzli ko‘rinishga keltirish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

📍 Jarayon davom etmoqda...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar

“Nurafshon” mahallasi I.Karimov ko‘chasidagi asosiy yo‘llar chetlari begona o‘tlar va tikanaklardan tozalanib, hudud obodonlashtirilmoqda.

❗️Ushbu ishlar ko‘cha va yo‘l bo‘ylarining sanitariya holatini yaxshilash, hududni yanada ozoda va ko‘rkam ko‘rinishga keltirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

📍 Jarayon davom etmoqda...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar

“Nurafshon” mahallasi I.Karimov ko‘chasidagi asosiy yo‘llar chetlari begona o‘tlar va tikanaklardan tozalanib, hudud obodonlashtirilmoqda. Aholi yashash xonadonlari tashqi devorlari va eshiklariga rang berilib, hudud obodligi taʼminlanmoqda.

❗️Ushbu ishlar ko‘cha va yo‘l bo‘ylarining sanitariya holatini yaxshilash, hududni yanada ozoda va ko‘rkam ko‘rinishga keltirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

📍 Jarayon davom etmoqda...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar

Hurriyat mahallasida obodonlashtirish hashari o‘tkazildi

Nurafshon shahar “Hurriyat” mahallasi hududidan o‘tuvchi temir yo‘l yoqalari va unga tutash hududlarda obodonlashtirish hamda tozalik ishlarini olib borish maqsadida hashar tashkil etildi.

Unda mahalla yettiligi, hudud faollari va mahalla ahli faol ishtirok etib, temir yo‘l yoqalaridagi chiqindilar yig‘ishtirildi, hudud begona o‘t va keraksiz narsalardan tozalandi.

Bunday hasharlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla hududida obodlik va tozalikni ta’minlash, atrof-muhitni asrash hamda aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratishdir.

📍 Jarayon davom etmoqda...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 LIVE | 🟢 JARAYON
#Nurafshon_shahar
#Tayanch_(ogʻir)_mahallalardagi_ishlar

Vazifa, ijro, nazorat: Tayanch mahallada amalga oshirilgan kunlik ishlar sarhisob qilindi

Avval xabar qilinganidek, Nurafshon shahridagi og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan “Nurafshon” mahallasida hududni kompleks rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bugungi ish kuni avvalida shahar hokimi Qobil Xamdamov tomonidan mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq taqsimlanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi kun davomida joyiga chiqqan holda o‘rganilib, amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar tahlil qilindi.

Kun yakunida esa shahar hokimi tomonidan tayanch mahallada kun davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosi va natijadorligi muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni tizimli davom ettirish va har bir yo‘nalish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.


Shahar hokimi o‘z nutqida mahallani obod qilish va ijtimoiy muammolarni hal etish bilan bir qatorda, aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish muhim vazifa ekanini ta’kidladi. Bu borada keng jamoatchilik, nuroniylar, ta’lim muassasalarining ma’naviyat targ‘ibotchilari hamda psixologlarning o‘rni alohida ekaniga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada aholi o‘rtasida tomorqadan samarali foydalanish va tomorqa madaniyatini rivojlantirish, xonadonlar atrofini obodonlashtirish, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

❗️Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, natijadorlikni oshirish va amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📍 Jarayon davom etmoqda...

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2