Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.74K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fayzli_mahalla

Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi

Bugun mamlakatimizda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" o‘tkazilayotgani bejiz emas. Bu tashabbus har birimizga bir haqiqatni eslatadi: mahalla — umumiy uyimiz.

Har bir oqlangan devor, har bir supurilgan ko‘cha, har bir parvarishlangan daraxt — mahallamizga, yurtimizga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir.

Shunday ekan, "kimdir kelib qilib berarkan", deb kutish o‘rniga, avvalo obodlikni o‘z ostonamizdan boshlaylik...

Bir xonadon obod bo‘lsa — ko‘cha chiroy ochadi. Ko‘cha obod bo‘lsa — mahalla go‘zallashadi. Mahalla go‘zal bo‘lsa, yurtimizning ham fayzi, ham tarovati bo‘ladi.

Axir xalqimiz orasida “Sarishtali uy, farishtali uy”, “Xonadoni tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham, dard yuqmas”, “Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi” kabi ibratomuz naqllar bejiz paydo bo‘lmagan-ku!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2