"Dolzarb 40 kunlik" shtabida vazifalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi
Nurafshon shahrida "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasidagi “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” davomida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shahar hokimi topshirig‘iga asosan tashkil etilgan maxsus shtabda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar har kuni tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Bugun og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan “Nurafshon” mahallasida tashkil etilgan shtabda shahar hokimi Qobil Xamdamov raisligida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda hududga biriktirilgan rahbarlar, kommunal soha mutasaddilari va tegishli mas’ullar ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot berdilar.
✅ Yig‘ilishda hudud aholisini real xatlovdan o‘tkazish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va mehnatga layoqatli fuqarolarni aniqlab, ularni belgilangan tartibda ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, “Tashabbusli byudjet” loyihasiga kiritilgan ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga qadar puxta tayyorlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Vazifalar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mas’ullar jiddiy ogohlantirildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ishlar samaradorligini oshirish hamda hududda amalga oshirilayotgan jarayonlarni doimiy nazorat qilib borish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fayzli_mahalla
Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi
Bugun mamlakatimizda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" o‘tkazilayotgani bejiz emas. Bu tashabbus har birimizga bir haqiqatni eslatadi: mahalla — umumiy uyimiz.
Har bir oqlangan devor, har bir supurilgan ko‘cha, har bir parvarishlangan daraxt — mahallamizga, yurtimizga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir.
Shunday ekan, "kimdir kelib qilib berarkan", deb kutish o‘rniga, avvalo obodlikni o‘z ostonamizdan boshlaylik...
Bir xonadon obod bo‘lsa — ko‘cha chiroy ochadi. Ko‘cha obod bo‘lsa — mahalla go‘zallashadi. Mahalla go‘zal bo‘lsa, yurtimizning ham fayzi, ham tarovati bo‘ladi.
Axir xalqimiz orasida “Sarishtali uy, farishtali uy”, “Xonadoni tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham, dard yuqmas”, “Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi” kabi ibratomuz naqllar bejiz paydo bo‘lmagan-ku!
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi
Bugun mamlakatimizda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" o‘tkazilayotgani bejiz emas. Bu tashabbus har birimizga bir haqiqatni eslatadi: mahalla — umumiy uyimiz.
Har bir oqlangan devor, har bir supurilgan ko‘cha, har bir parvarishlangan daraxt — mahallamizga, yurtimizga bo‘lgan hurmatning amaliy ifodasidir.
Shunday ekan, "kimdir kelib qilib berarkan", deb kutish o‘rniga, avvalo obodlikni o‘z ostonamizdan boshlaylik...
Bir xonadon obod bo‘lsa — ko‘cha chiroy ochadi. Ko‘cha obod bo‘lsa — mahalla go‘zallashadi. Mahalla go‘zal bo‘lsa, yurtimizning ham fayzi, ham tarovati bo‘ladi.
Axir xalqimiz orasida “Sarishtali uy, farishtali uy”, “Xonadoni tozaga gard yuqmas, gard yuqsa ham, dard yuqmas”, “Ketmoni zanglagan xonadonda baraka bo‘lmaydi” kabi ibratomuz naqllar bejiz paydo bo‘lmagan-ku!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish, shahrimizning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash, hududlarda obodlik va ko‘rkamlikni ta’minlash, aholi uchun qulay hamda fayzli muhit yaratish maqsadida Nurafshon shahrida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur jarayonlar shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida barcha mahallalarda tizimli ravishda tashkil etilib, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Jumladan, bugun Qobil Xamdamov Yangiobod mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Mahalla aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla hududi ko‘zdan kechirilib, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ta’kidlash joizki, bunday amaliy ishlarning izchil davom ettirilishi mahallalar qiyofasini yanada obod va ko‘rkam qilish bilan birga, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. Zero, obod mahalla — farovon hayot, mehr-oqibat va hamjihatlik maskanidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sharh
Xullas, shunaqa gaplar...
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter🌐 Instagram
Xullas, shunaqa gaplar...
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning "Dolzarb 40 kunlik" tadbiri doirasida Zangiota, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlari hamda Yangiyo‘l shahrida mahalla faollari va mutasaddilar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot hamda ot ustidagi safar tafsilotlari bilan maxsus videosharhimizda tanishing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sport – sog‘lom hayot garovi!
Besh tashabbus olimpiadasi doirasida Nurafshon shahar IIB kubogi uchun voleybol sport turi bo‘yicha 16–21 hamda 22–30 yosh toifalari o‘rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada mahallalar jamoalari o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda ishtirok etib, sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi. Shu bilan birgalikda g’olib bo’lgan jamoa viloyat bosqichiga yo’llanma oldilar.
Bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sportni yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1👏1
#Bildirish
Viloyatdagi Kichik sanoat zonalaridagi boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish uchun tender eʼlon qilindi
Quyidagi havolalar orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.
⏩ Tanlov shartlari bilan tanishish
⏩ Kichik sanoat zonalaridagi boʻsh yer maydonlari roʻyxati
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Viloyatdagi Kichik sanoat zonalaridagi boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish uchun tender eʼlon qilindi
Quyidagi havolalar orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Mehnat yarmarkasi: fuqarolar ish bilan ta’minlanmoqda
🟣 Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi, Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar Adliya bo'limi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2