Nurafshon shahrida obodlik va bunyodkorlik ishlari — xalqimiz farovonligi yo‘lida
🔘 Mazkur jarayonlarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 49-Toshkent viloyati saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati. O’zMTDP fraksiyasi a’zosi Zuhra Mirgaziyeva hamda shahar hokimi Qobil Xamdamov Nurafshon shahridagi “Nurafshon” mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Ushbu tashrifda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N. Normirzayeva, shahar hokimi o‘rinbosari N. Djumanova hamda xotin-qizlar faollari ham ishtirok etdi.
🔘 Tashrif davomida “Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasidagi “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mahalladagi obod va namunali xonadonlardan birida bo‘lib, xonadon egalari bilan samimiy muloqot qilindi.
❗️Muloqot davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi faolligi va hududni yanada obodlashtirish borasidagi tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. Tashrif yakunida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish, ozodalikka rioya etish hamda aholini ushbu ezgu tashabbuslarda faol ishtirok etishga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Qayd etilganidek, bugun Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va infratuzilmaviy loyihalar natijasida shahar qiyofasi tobora yangilanib, obod va zamonaviy maskanga aylanib bormoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Forwarded from «Халқ сўзи» | Расмий канал
Янги ҳаёт ва ёруғ келажак рамзи
Ёхуд Нурафшон Янги Ўзбекистон иқтисодий ва технологик тараққиётининг қудратли таянчига айланмоқда
👉 https://xs.uz/kr/news/-b4f953d2
Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Ёхуд Нурафшон Янги Ўзбекистон иқтисодий ва технологик тараққиётининг қудратли таянчига айланмоқда
👉 https://xs.uz/kr/news/-b4f953d2
Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
❤2👏1
Nurafshon shahridagi mahallalarni obod qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
🔘Muloqotlarda shahar hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda sohaga mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi. Unda mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, hududlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash va modernizatsiya qilish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida belgilangan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida shahardagi barcha mahallalarda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash, hududlarni obod va ko‘rkam maskanlarga aylantirish hamda aholi uchun yanada qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🔥1👏1
🎥 Nurafshondagi yirik investitsion loyiha faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda
Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 hamda Nurafshon TV telekanallari ijodkorlari hamkorligida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalardan biri — “DA SHUN GROUP” Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi qurilish texnoparki faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.
✅ Tasvirga olish jarayonida texnoparkning tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda loyihaning shahar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati keng yoritilmoqda.
Maxsus ko‘rsatuv orqali tomoshabinlarga Nurafshon shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1