Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


NURAFSHON SHAHRI BO‘YLAB “SALOMATLIK MARAFONI”START OLDI

Ayni vaqtda Nurafshon shahrida “Salomatlik marafoni” milliy harakati boshlandi.

3-avgustdan 31-avgustga qadar davom etadigan ushbu milliy harakat profilaktika, kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichlarda aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Marafon doirasida oilaviy poliklinikalar, viloyat tibbiyot muassasalarining yetakchi shifokorlari hamda bir guruh respublika mutaxassislari tomonidan aholining barcha qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Tibbiy ko‘rik natijalari yagona elektron baza — “D-Med” dasturiga kiritilib, kelgusida aholi salomatligini muntazam monitoring qilib borish imkonini beradi.

Batafsil ma’lumot uchun oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.

“Salomatlik marafoni” — baxtli hayot sari muhim qadam!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#sessiya

❗️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi 4-avgust, soat 15:00 da shahar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB binosi majlislar zalida bo'lib o'tadi.

Telegram🌐 Instagram🌐 Facebook


Diqqat!!!!

Nurafshon shahrida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

05-avgust kuni


"Toshkent-To‘ytepa" avtomobili yo‘li hududidagi gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko‘chirish maqsadida, "Yangiobod", "Obod", "Ma’rifat", Oybek, "Obod turmush", "To‘ytepa", Muqumiy, "Dehqonobod" va Navro‘z MFY isteʼmolchilariga soat 08:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi iste’molchilari soni – 7 880 ta;
Ulgurji iste’molchilari soni – 180 ta
.

Gaz taʼminoti bosqichma-bosqich va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilingan holda tiklanadi.

Hurmatli Fuqarolar!

Gaz uzilishi vaqtida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni, gaz jihozlariga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz.


☎️ dispetcherlik xizmati: (71) 502-17-04//-05//-06

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5


NURAFSHON SHAHRI BO‘YLAB “SALOMATLIK MARAFONI” START OLDI


Avgust oyi davomida o‘tkaziladigan ushbu milliy harakat aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichlarda aniqlash, salomatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Marafon doirasida oilaviy poliklinikalar, viloyat tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda respublikadan jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida aholining turli qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ayniqsa, endokrin va yurak-qon tomir kasalliklarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, 40 yoshdan oshgan ayollar uchun skrining tekshiruvlarini tashkil etish marafonning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


Tibbiy ko‘riklar davomida fuqarolarning salomatlik holati chuqur o‘rganilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tegishli tavsiya va davolash choralari belgilanadi.

Ko‘rik natijalari yagona elektron baza — “D-Med” dasturiga kiritiladi. Bu esa har bir fuqaroning salomatlik holatini kelgusida muntazam kuzatib borish, kasalliklarning rivojlanish xavfini baholash va profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish imkonini beradi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🔴🔴

Ayni paytda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.

Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻

📹YouTube

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1