NURAFSHON SHAHRI BO‘YLAB “SALOMATLIK MARAFONI” START OLDI
Avgust oyi davomida o‘tkaziladigan ushbu milliy harakat aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichlarda aniqlash, salomatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.
✅ Marafon doirasida oilaviy poliklinikalar, viloyat tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda respublikadan jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida aholining turli qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ayniqsa, endokrin va yurak-qon tomir kasalliklarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, 40 yoshdan oshgan ayollar uchun skrining tekshiruvlarini tashkil etish marafonning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Tibbiy ko‘riklar davomida fuqarolarning salomatlik holati chuqur o‘rganilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tegishli tavsiya va davolash choralari belgilanadi.
Ko‘rik natijalari yagona elektron baza — “D-Med” dasturiga kiritiladi. Bu esa har bir fuqaroning salomatlik holatini kelgusida muntazam kuzatib borish, kasalliklarning rivojlanish xavfini baholash va profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish imkonini beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Ayni paytda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.
Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#aksiya
NURAFSHON SHAHRI BO‘YLAB “SALOMATLIK MARAFONI” START OLDI
Bugundan Nurafshon shahrida “Salomatlik marafoni” milliy harakati boshlandi.
Avgust oyi davomida o‘tkaziladigan mazkur aksiya aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichlarda aniqlash, salomatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan.
Marafon doirasida oilaviy poliklinikalar, viloyat tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda respublika mutaxassislari ishtirokida aholining turli qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Ayniqsa, endokrin va yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash hamda ularning oldini olish, shuningdek, 40 yoshdan oshgan ayollarni skrining tekshiruvlaridan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ko‘riklar davomida fuqarolarning salomatlik holati o‘rganilib, zarur hollarda tegishli tavsiyalar beriladi va davolash choralari belgilanadi.
Tekshiruv natijalari yagona elektron baza — “D-Med” dasturiga kiritilib, aholi salomatligini muntazam monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram

🔥2❤1
#dolzarb
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — “pasport berish” emas, balki ularni yagona elektron tizimda roʻyxatga olishdir
2026-yil 7-avgustdan “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu jarayonni “Hayvonlarga pasport beriladi” deya notoʻgʻri talqin qilayotgan postlar tarqalmoqda. Aslida esa qonunning maqsadi jarima solish yoki ortiqcha byurokratiya yaratish emas.
Identifikatsiya tizimi orqali quturish, kuydirgi, brutsellyoz kabi xavfli kasalliklar aniqlanganda ularning manbai va tarqalish yoʻllari tezkor aniqlanadi. Bu kasalliklarning keng yoyilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek, goʻsht va sut mahsulotlarining kelib chiqishi, hayvonning emlash va veterinariya tarixi elektron bazada qayd etiladi. Bu oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi, mahsulot sifatiga ishonchni oshiradi.
Bundan tashqari, tizim naslchilikni rivojlantirish, chorva oʻgʻirligini kamaytirish hamda kredit va sugʻurta xizmatlaridan foydalanishni yanada qulaylashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, hayvonlarni identifikatsiya qilishning asosiy maqsadi — veterinariya nazoratini kuchaytirish, chorvachilikni zamonaviy boshqarish va aholi salomatligini himoya qilishdir.

Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilinib, mas'ullarning quyidagi yo'nalishlardagi hisobotlari tinglandi.
✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-dekabrdagi 64-sonli topshiriqlar bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hisoboti;✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nurafshon shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;✔️ Shahar Adliya bo‘limining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti;✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan shahar prokurorining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida axboroti;✔️ Shahar Ichki ishlar bo‘limining 2026-yil ikkinchi choragi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;✔️ Shahar Tibbiyot birlashmasi rahbarining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;✔️ O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1153-sonli qonuni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;✔️ Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;✔️ Shahardagi 9-, 25-, 26-, 48- va 57-sonli umumta’lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yili uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish hamda ta’lim muassasalarini “To‘siqsiz muhit” talablariga moslashtirish to‘g‘risida;✔️ Shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti;
📸Jarayon fotolavhalarda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM