Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


Respublika ishchi guruhi Nurafshon shahrida o‘rganishlar olib bormoqda


🟢Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Nurafshon shahrida yig‘ilish o‘tkazilib, Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

🔘Yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

🔘Shuningdek, ishchi guruh "Step School" o‘quv markazi faoliyati bilan tanishib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda mavjud muammo va takliflarni o‘rgandi.


❗️O‘rganishlar davomida Yangiobod, Birlik, Hurriyat va Taraqqiyot mahallalarida yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Respublika ishchi guruhining Nurafshon shahridagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
"E-auksion" platformasida Nurafshon shahridan Ko'chmas mulklarni sotib oling!


🔹Nurafshon shahrida 17 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook


“Ayollar daftari” ijrosi: mavjud muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi


Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov raisligida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Oila va xotin-qizlar bo‘limi, shahar Mahallalar uyushmasi, soliq organlari, ichki ishlar, bandlik tizimi mas’ullari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xotin-qizlar faollari hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔘Kun tartibida xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🔘Shahar hokimi Qobil Xamdamov, ayniqsa, mehnatga layoqatli xotin-qizlarni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ishsiz xotin-qizlarni barqaror bandlikka jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.


Shuningdek, yig‘ilish davomida ayrim mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va hisobotlarni yuritish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

🔘Mas’ullarga mahallalarda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash tizimini kuchaytirish, kasb-hunarga o‘qitilgan ayollarni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, bandlik ko‘rsatkichlarining haqqoniyligini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.


Yig‘ilish yakunida xotin-qizlar bandligini oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazorat ostiga olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития отраслей животноводства и птицеводства, увеличению производства мясной и молочной продукции, а также внедрению в отрасль современных технологий.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #chorvachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X