“Ayollar daftari” ijrosi: mavjud muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Yig‘ilishda Oila va xotin-qizlar bo‘limi, shahar Mahallalar uyushmasi, soliq organlari, ichki ishlar, bandlik tizimi mas’ullari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xotin-qizlar faollari hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🔘 Kun tartibida xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.🔘 Shahar hokimi Qobil Xamdamov, ayniqsa, mehnatga layoqatli xotin-qizlarni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ishsiz xotin-qizlarni barqaror bandlikka jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida ayrim mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va hisobotlarni yuritish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
🔘 Mas’ullarga mahallalarda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash tizimini kuchaytirish, kasb-hunarga o‘qitilgan ayollarni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, bandlik ko‘rsatkichlarining haqqoniyligini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida xotin-qizlar bandligini oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazorat ostiga olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития отраслей животноводства и птицеводства, увеличению производства мясной и молочной продукции, а также внедрению в отрасль современных технологий.
#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #chorvachilik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития отраслей животноводства и птицеводства, увеличению производства мясной и молочной продукции, а также внедрению в отрасль современных технологий.
#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #chorvachilik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nurafshon shahrining Oppoq mahallasida "Ayol qadri ulug‘langan yurt" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Tadbirda mahalla faollari, xotin-qizlar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, shuningdek, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.
✅ Shuningdek, ishtirokchilar bilan ayolga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika ishchi guruhi Nurafshon mahallalarida o‘rganishlar olib bormoqda
✔️ Navbatdagi o‘rganishlar Obod turmush, Muqumiy va Navro‘z mahallalarida olib borilib, yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar infratuzilmalari faoliyati hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, joylarda mavjud muammo va takliflar o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Respublika ishchi guruhining Nurafshon shahridagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1