Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития отраслей животноводства и птицеводства, увеличению производства мясной и молочной продукции, а также внедрению в отрасль современных технологий.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #chorvachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Nurafshon shahrining Oppoq mahallasida "Ayol qadri ulug‘langan yurt" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Tadbirda mahalla faollari, xotin-qizlar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, shuningdek, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ishtirokchilar bilan ayolga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Respublika
ishchi guruhi Nurafshon mahallalarida o‘rganishlar olib bormoqda

💠Habaringiz bor, Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatida olib borilayotgan o‘rganishlar doirasida Nurafshon shahri mahallalarida ham o‘rganish ishlari davom etmoqda.

✔️Navbatdagi o‘rganishlar Obod turmush, Muqumiy va Navro‘z mahallalarida olib borilib, yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar infratuzilmalari faoliyati hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, joylarda mavjud muammo va takliflar o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Respublika ishchi guruhining Nurafshon shahridagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshonda energetika infratuzilmasi modernizatsiya qilinmoqda. Jarayon tafsilotlari bilan “Nurafshon TV” lavhasi orqali tanishing.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda


Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda aholini uzluksiz va barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur ishlar doirasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash va qayta joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, shahar markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi doirasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qayta joylashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

🔘Ayni paytda loyiha doirasida qurilish maydonidan o‘tuvchi gaz tarmog‘ini demontaj qilish ishlari olib borilmoqda. Maxsus texnika va malakali mutaxassislar ishtirokida bajarilayotgan mazkur jarayon qurilishning keyingi bosqichlarini xavfsiz va belgilangan muddatlarda amalga oshirishga xizmat qiladi.


✔️Qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan loyiha asosida hamda belgilangan texnik talablar va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda davom ettirilmoqda.

Qurilish jarayonlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1