Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirish, goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития отраслей животноводства и птицеводства, увеличению производства мясной и молочной продукции, а также внедрению в отрасль современных технологий.
#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #chorvachilik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития отраслей животноводства и птицеводства, увеличению производства мясной и молочной продукции, а также внедрению в отрасль современных технологий.
#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #chorvachilik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nurafshon shahrining Oppoq mahallasida "Ayol qadri ulug‘langan yurt" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Tadbirda mahalla faollari, xotin-qizlar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, shuningdek, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.
✅ Shuningdek, ishtirokchilar bilan ayolga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika ishchi guruhi Nurafshon mahallalarida o‘rganishlar olib bormoqda
✔️ Navbatdagi o‘rganishlar Obod turmush, Muqumiy va Navro‘z mahallalarida olib borilib, yoshlar bilan ishlash tizimi, yoshlar infratuzilmalari faoliyati hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, joylarda mavjud muammo va takliflar o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Respublika ishchi guruhining Nurafshon shahridagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda
Jumladan, shahar markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi doirasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qayta joylashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🔘 Ayni paytda loyiha doirasida qurilish maydonidan o‘tuvchi gaz tarmog‘ini demontaj qilish ishlari olib borilmoqda. Maxsus texnika va malakali mutaxassislar ishtirokida bajarilayotgan mazkur jarayon qurilishning keyingi bosqichlarini xavfsiz va belgilangan muddatlarda amalga oshirishga xizmat qiladi.
Qurilish jarayonlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahri markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi doirasida gaz tarmog‘ini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
✅ Loyiha doirasida diametri 325 mm bo‘lgan yuqori bosimli yerosti gaz quvuri belgilangan loyiha asosida yangi yo‘nalishga ko‘chirilib, montaj ishlari to‘liq yakunlandi. Amalga oshirilgan mazkur ishlar yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishining keyingi bosqichlarini xavfsiz va uzluksiz davom ettirish imkonini yaratadi.
⚠️ Hurmatli fuqarolar! Gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda. Xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishingizni hamda gaz jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishingizni so‘raymiz.
☎️ Dispetcherlik xizmati:
(71) 502-17-04 | (71) 502-17-05 | (71) 502-17-06
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM