Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


"Yagona Vatan, yagona xalq — yangi hayot va kelajak yaratamiz. Ayol qadri ulug'langan yurt"!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida "Yagona Vatan, yagona xalq — yangi hayot va kelajak yaratamiz. Ayol qadri ulug'langan yurt" shiori ostida bugun shahar Nuroniy maskanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shahar Nuroniy jamg‘armasi raisi J.Axmedqulov va faol nuroniylar ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining beqiyos qadri, mamlakatimizda ayollarga qaratilayotgan e'tibor, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.


Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar, badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Har bir murojaat nazorat va e’tiborda

Bugun Nurafshon shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yechim topishga qaratilgan navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabulda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, hokim o‘rinbosarlari, shuningdek, tegishli davlat tashkilotlari va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

✔️Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, yer va kadastr, qurilish, uy-joy va kommunal xizmatlar, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha ko‘rib chiqilib, masalalarning mazmunidan kelib chiqib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbar va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.


Qabul jarayonida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa ijrosi qat’iy nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlarga biriktirildi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Oybek mahallasida gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi

💠Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumida aholi va ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror hamda uzluksiz ta’minlash maqsadida tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.

🔘Jumladan, "Oybek" MFYdagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida umumiy uzunligi 700 metr bo‘lgan yer usti gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi. Amalga oshirilgan mazkur ishlar natijasida 120 ta xonadon hamda 2 ta yirik ishlab chiqarish korxonasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan gaz bosimi pasayishi va gaz ta’minotidagi uzilishlarning oldi olindi.


✔️Shuningdek, hududdagi gaz taqsimlash punktlarida mas’ul mutaxassislar tomonidan reja asosida texnik ko‘rik va profilaktik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar kuz-qish mavsumida iste’molchilarni xavfsiz va barqaror tabiiy gaz ta’minoti bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Uzum
Erkin Vohidov
#tanlov

"Uzum sayli" she’riyat ixlosmandlari uchun ajoyib imkoniyatni taklif etadi!

Terumlar shabnamli yaproq —
Ostidan pinhon uzum.
Lablaringga yetmoq istab
Tong sahar giryon uzum.

Oftob mashshotasi
Tok sochini nurdan tarab —
Zangining bo‘yniga osmish
Shodai marjon uzum.


Joriy yil 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.

✍️Badiiy ijodga mehr qo‘ygan, qalbida ona diyor va tabiatga muhabbat jo‘sh urgan barcha ijodkorlarni “Uzum sayli” xalqaro festivali doirasida o‘tkaziladigan eng sara she’rlar tanloviga taklif etamiz!

🍇Tanlovdan maqsad – Toshkent viloyatining uzumchilik an’analari, eno va agroturizm salohiyati, bog‘dorchilik madaniyati hamda yurtimiz tabiatining betakror jozibasini badiiy ijod orqali keng targ‘ib etishdir.

Tanlovda Toshkent viloyatida tug‘ilib-o‘sgan yoki bugungi kunda viloyatda yashab ijod qilayotgan professional shoirlar, havaskor ijodkorlar va she’riyatga oshno barcha viloyatdoshlarimiz qatnashishlari mumkin.

Eng sara ijod namunalari munosib baholanib, g‘oliblar sayil doirasida tantanali ravishda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin — 5 million so‘m
🥈2-o‘rin — 3 million so‘m
🥉 3-o‘rin — 2 million so‘m


Tanlovda ishtirok etishning yagona talabi – o‘zingiz yozgan bir dona she’riy namunangizni qog‘oz nusxasi yoki elektron variantini shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan birga Tanlov hay’atiga taqdim etishingiz lozim.

Muhim eslatma: sun’iy intellekt yordamida tuzilgan she’riy matnlar maxsus dastur yordamida tekshiriladi va tanlovdan chetlashtiriladi.
 
📍Manzil: Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 86-uy. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi.  
Telegram uchun raqam: +998888757745
 
Ijodiy ishlar  2026-yilning 18-avgustigacha qabul qilinadi.

O‘z ijodingiz bilan “Uzum sayli”ning badiiy solnomasiga hissa qo‘shing! Balki aynan sizning ijodingiz festivalning eng yorqin ovoziga aylanar!

PS: Audioda Erkin Vohidovning mashhur "Uzum" g‘azali. She’rni shoirning o‘zi o‘qigan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM