Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.4K photos
4.73K videos
64 files
13.9K links
Download Telegram


Nurafshonda gaz tarmoqlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda


🇺🇿 Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash, Nurafshon shahrida aholini uzluksiz yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish maqsadida hududda keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahri markazida barpo etilayotgan yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishi doirasida gaz tarmog‘ini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari amalga oshirildi. Loyiha doirasida diametri 325 mm bo‘lgan yuqori bosimli yerosti gaz quvuri belgilangan loyiha asosida yangi yo‘nalishga ko‘chirilib, montaj ishlari to‘liq yakunlandi.


❗️Bugungi kunda esa shahar gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan mazkur gaz quvurlarida izolyatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar gaz tarmoqlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, yer osti piyodalar o‘tish joyi qurilishini belgilangan tartibda davom ettirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolari o‘rganildi

💠Bugun Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G.Dadamatova tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🔘Sayyor qabul davomida 20 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatlar asosan, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, tegishli reyestrga kiritish, uy-joy ta’miriga yordam, nogironlikni belgilash, inklyuziv ta’limga qamrab olish, vasiylik va homiylik belgilash kabi masalalarga oid bo‘ldi.


✔️Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Har bir murojaat Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nazoratga olindi hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42


Nurafshon shahrida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallalarni obod qilish, aholi xonadonlarini ta’mirlash va hududlarni yanada ko‘rkamlashtirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda

Jumladan hudud nuroniylari tomonidan 16 ta mahallada “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari tashkil etildi. 16 ta mahalla yettiligiga 155 ta ko‘cha biriktirilib, shundan 126 ta ko‘chadagi 1 898 ta xonadonda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar 1 554 ta xonadon obodonlashtirildi va ta’mirlandi.

Jumladan:
✔️812 ta xonadonning tashqi fasadi;
✔️95 ta xonadonning yuvinish xonasi;
✔️252 ta xonadonning tom qismi;
✔️120 ta xonadonning hojatxonasi;
✔️92 ta xonadonning tandirxonasi;
✔️110 ta xonadonning oyna romlari;
✔️124 ta xonadonning oshxonasi;
✔️55 ta xonadonning molxonasi, tovuqxona va qo‘yxonasi ta’mirlandi.


Qolaversa 118 ta xonadonning 205 sotix tomorqa yer maydonida chopish va haydash ishlari amalga oshirildi. 3 ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi, 16 ta kirish yo‘lagi ta’mirlandi. 1 890 ta daraxtga shakl berilib, 7,6 km uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalandi. 5 ta mahalladagi 5 ta ko‘chaning 2,8 km qismiga asfalt yotqizildi. 9 ta qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Temir yo‘l atrofida joylashgan 3 ta mahalladagi 267 ta xonadonda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kungacha 48 ta xonadonda ushbu ishlar yakuniga yetkazildi. Shuningdek, 16 ta mahallada grafik asosida chiqindilarni olib ketish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

❗️Nurafshon shahrida obodlik — har bir xonadon, har bir ko‘cha va har bir mahalladan boshlanmoqda.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1


Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrida "Yagona Vatan, yagona xalq — yangi hayot va kelajak yaratamiz. Ayol qadri ulug'langan yurt" shiori ostida Birlik MFY hududida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar Ma’rifat targ‘ibotchilar guruhi a’zolari ishtirok etib, yurtimiz mustaqilligining beqiyos qadri, tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash hamda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirdilar.


Tadbir davomida Nurafshon shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Vatan madh etilgan kuy-qo‘shiqlar, badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Mazkur chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayram shukuhini yanada oshirdi.


Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida mahallalarni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda

✔️Shaharda jami 1 021 nafar ishsiz fuqaroning 185 nafari, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan 185 nafar fuqaroning 177 nafari ish bilan ta’minlandi.

✔️ 802 ta kam ta’minlangan oiladan 608 tasiga jami 827 ta xizmat ko‘rsatildi.

✔️“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida banklar tomonidan 369 ta loyihaga jami 4,513 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

✔️ Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish maqsadida 16 ta mahallada jami 7 187 ta xonadonda o‘rganish ishlari o‘tkazildi hamda 253,8 gektar yer maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

✔️ 273 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi va 52 ta yangi loyiha shakllantirildi.

✔️19 ta xorijiy investitsiya loyihalari va eksportyor korxonalar faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi hamda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

❗️Ko’p qavatli uylarni saqlash bo’yicha majburiy badallarni o’z vaqtida to’lang! Bu sizning eng qimmatbaho mulkingizni to’g’ri saqlash uchun muhimdir.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM