Nurafshonda elektr tarmoqlari kuz-qish mavsumiga hozirdan tayyorlanmoqda
✅ Aholi xonadonlarini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun yangi SIP va VOT kabellar tortilib, mavjud elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanligi va barqarorligi oshirilmoqda. Shuningdek, transformator punktlaridan iste’molchilargacha bo‘lgan tarmoqlarni yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar qish mavsumida elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, tarmoqlardagi nosozliklarni kamaytirish va aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Nurafshonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — amaliy ishlar bilan davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi viloyat miqyosida faxrli o‘rinni egalladi!
Bugun Nurafshon shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida o‘zbek jang san’atining «Assalom tong» nafas mashqi bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
✅ Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Kasaba uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Jamoamizni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz!
Sog‘lom turmush tarzi — sog‘lom hayot garovi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshon shahrida elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, debitor qarzdorlikni kamaytirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
🇺🇿 Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori hamda davlatimiz rahbarining 2026-yil 27-iyul kuni yoqilg‘i-energetika sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida aniq choralar ko‘rilmoqda.✔️ Yil boshida Nurafshon shahrida elektr energiyasi bo‘yicha debitor qarzdorlik 3 mlrd 131,7 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yil 1-avgust holatiga ushbu ko‘rsatkich 2 mlrd 553,6 mln so‘mgacha kamaytirildi. Ya’ni, qarzdorlik 578,1 mln so‘mga qisqartirildi.✔️ Davlatimiz rahbari topshiriqlaridan so‘ng bu boradagi ishlar yanada kuchaytirilib, qarzdor iste’molchilar mahallalar kesimida o‘rganildi. Qarzdorlik miqdoridan kelib chiqib, mahallalar qizil, sariq va yashil hududlarga ajratildi.
Bugungi kunda:🔴 5 ta MFY — qizil hudud🟡 6 ta MFY — sariq hudud🟢 5 ta MFY — yashil hudud sifatida belgilangan.✔️ Joriy oyning dastlabki 10 kunligida 195 nafar qarzdor iste’molchining xonadoniga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Shundan:
▪️ 46 nafar iste’molchi elektr tarmog‘idan ajratildi;
▪️ 149 nafar iste’molchidan jami 936,1 mln so‘m debitor qarzdorlik undirildi.
Shuningdek, prokuratura organlarining kundalik nazorati ostida ishlar tashkil etilgan. Qarzdorligi mavjud bo‘lgan va tegishli hujjatlari Majburiy ijro byurosiga taqdim etilgan iste’molchilar bo‘yicha Energosavdo bo‘limi hamda MIB xodimlari hamkorligida joyiga chiqib, qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'n yil tashlandiq yotgan hududda — mega investitsion loyiha
Har bir sent investitsiya — bu yangi ish o‘rni, yangi mahsulot, yangi texnologiya, mahalliylashtirish, eksport va eng muhimi, oddiy odamlar uchun yangi daromad manbai degani.
Nurafshon shahrida qariyb 10 yil davomida tashlandiq holda yotgan 20 gektarlik hudud bugun butunlay yangi qiyofa kasb etmoqda.
✅ 120 million dollar to‘liq Xitoy investitsiyasi hisobidan moliyalashtirilgan "DA SHUN GROUP" texnoparkining ishga tushirilishi natijasida 300 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥2👏1
Dehqonobod mahallasida aholi bilan bevosita muloqotga qaratilgan sayyor qabul o‘tkazildi.
Fuqarolarning murojaatlarini joyida tinglash, mavjud muammolarni atroflicha o‘rganish va ularning qonuniy yechimini topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
✅ Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat bo‘yicha masalaning mazmuni va mavjud holat o‘rganilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati bo‘lgan masalalar tegishli tartibda bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar hududdagi muammolarni bevosita joyida aniqlash, fuqarolarning taklif va murojaatlarini eshitish hamda ularni amaliy choralar orqali hal etishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1