Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.82K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, debitor qarzdorlikni kamaytirish hamda yoqilg‘i-energetika sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

🇺🇿 Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori hamda davlatimiz rahbarining 2026-yil 27-iyul kuni yoqilg‘i-energetika sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida aniq choralar ko‘rilmoqda.

✔️Yil boshida Nurafshon shahrida elektr energiyasi bo‘yicha debitor qarzdorlik 3 mlrd 131,7 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yil 1-avgust holatiga ushbu ko‘rsatkich 2 mlrd 553,6 mln so‘mgacha kamaytirildi. Ya’ni, qarzdorlik 578,1 mln so‘mga qisqartirildi.

✔️Davlatimiz rahbari topshiriqlaridan so‘ng bu boradagi ishlar yanada kuchaytirilib, qarzdor iste’molchilar mahallalar kesimida o‘rganildi. Qarzdorlik miqdoridan kelib chiqib, mahallalar qizil, sariq va yashil hududlarga ajratildi.

Bugungi kunda:
🔴5 ta MFY — qizil hudud
🟡6 ta MFY — sariq hudud
🟢5 ta MFY — yashil hudud sifatida belgilangan.

✔️Joriy oyning dastlabki 10 kunligida 195 nafar qarzdor iste’molchining xonadoniga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Shundan:
▪️ 46 nafar iste’molchi elektr tarmog‘idan ajratildi;
▪️ 149 nafar iste’molchidan jami 936,1 mln so‘m debitor qarzdorlik undirildi.


❗️Ko‘rilgan choralar natijasida 10 kun ichida 2 ta qizil hududdagi MFY qarzdorligi qisqartirilib, sariq hudud toifasiga o‘tkazildi.

Shuningdek, prokuratura organlarining kundalik nazorati ostida ishlar tashkil etilgan. Qarzdorligi mavjud bo‘lgan va tegishli hujjatlari Majburiy ijro byurosiga taqdim etilgan iste’molchilar bo‘yicha Energosavdo bo‘limi hamda MIB xodimlari hamkorligida joyiga chiqib, qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Maqsad — elektr energiyasidan oqilona foydalanish, to‘lov intizomini mustahkamlash va mavjud qarzdorlikni bosqichma-bosqich kamaytirish.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


O'n yil tashlandiq yotgan hududda — mega investitsion loyiha


Har bir sent investitsiya — bu yangi ish o‘rni, yangi mahsulot, yangi texnologiya, mahalliylashtirish, eksport va eng muhimi, oddiy odamlar uchun yangi daromad manbai degani.

Nurafshon shahrida qariyb 10 yil davomida tashlandiq holda yotgan 20 gektarlik hudud bugun butunlay yangi qiyofa kasb etmoqda.

120 million dollar to‘liq Xitoy investitsiyasi hisobidan moliyalashtirilgan "DA SHUN GROUP" texnoparkining ishga tushirilishi natijasida 300 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.


❗️Eng muhimi, uzoq vaqt foydalanilmay turgan hudud bugun zamonaviy ishlab chiqarish, sanoat va tadbirkorlik rivojlanayotgan mega loyihaga aylanmoqda. Bu yerda zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulot ishlab chiqarilib, yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥2👏1


Dehqonobod mahallasida aholi bilan bevosita muloqotga qaratilgan sayyor qabul o‘tkazildi.


Fuqarolarning murojaatlarini joyida tinglash, mavjud muammolarni atroflicha o‘rganish va ularning qonuniy yechimini topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.


Har bir murojaat bo‘yicha masalaning mazmuni va mavjud holat o‘rganilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati bo‘lgan masalalar tegishli tartibda bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar hududdagi muammolarni bevosita joyida aniqlash, fuqarolarning taklif va murojaatlarini eshitish hamda ularni amaliy choralar orqali hal etishga xizmat qiladi.

❗️Har bir murojaat — e’tibor, har bir muammo — yechim izlash uchun asos.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yana bir obyekt foydalanishga topshirildi.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1


🎥 Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 hamda Nurafshon TV telekanallari ijodkorlari hamkorligida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalardan biri — “DA SHUN GROUP” Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi qurilish texnoparki faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.

Tasvirga olish jarayonida texnoparkning tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda loyihaning shahar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati keng yoritilmoqda.


Maxsus ko‘rsatuv orqali tomoshabinlarga Nurafshon shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1


⚡️ Nurafshonda energetik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda

Nurafshon shahrida aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini yangilash va quvvatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan To‘ytepa mahallasida PQ-384-son qarori ijrosi doirasida hududdagi elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Mahalla hududida 800 metr yangi elektr tarmog‘i tortilmoqda. Mazkur ishlar natijasida xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari kengayib, mavjud tarmoqlardagi yuklama kamaytiriladi.


Shuningdek, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, eskirgan infratuzilmani yangilash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

❗️Asosiy maqsad — Nurafshon shahrida energetik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun ishonchli elektr ta’minotini yaratish.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🤝1