Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Dehqonobod mahallasida aholi bilan bevosita muloqotga qaratilgan sayyor qabul o‘tkazildi.


Fuqarolarning murojaatlarini joyida tinglash, mavjud muammolarni atroflicha o‘rganish va ularning qonuniy yechimini topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, yer va kadastr, infratuzilma, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, bandlik va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.


Har bir murojaat bo‘yicha masalaning mazmuni va mavjud holat o‘rganilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Joyida hal etish imkoniyati bo‘lgan masalalar tegishli tartibda bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa mas’ul tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar hududdagi muammolarni bevosita joyida aniqlash, fuqarolarning taklif va murojaatlarini eshitish hamda ularni amaliy choralar orqali hal etishga xizmat qiladi.

❗️Har bir murojaat — e’tibor, har bir muammo — yechim izlash uchun asos.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yana bir obyekt foydalanishga topshirildi.

Tafsilotlar “Nurafshon TV” lavhasida.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1


🎥 Ayni vaqtda O‘zbekiston 24 hamda Nurafshon TV telekanallari ijodkorlari hamkorligida Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalardan biri — “DA SHUN GROUP” Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi qurilish texnoparki faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.

Tasvirga olish jarayonida texnoparkning tashkil etilishi, ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari hamda loyihaning shahar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati keng yoritilmoqda.


Maxsus ko‘rsatuv orqali tomoshabinlarga Nurafshon shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va zamonaviy sanoat infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1


⚡️ Nurafshonda energetik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda

Nurafshon shahrida aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarini yangilash va quvvatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan To‘ytepa mahallasida PQ-384-son qarori ijrosi doirasida hududdagi elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda. Mahalla hududida 800 metr yangi elektr tarmog‘i tortilmoqda. Mazkur ishlar natijasida xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari kengayib, mavjud tarmoqlardagi yuklama kamaytiriladi.


Shuningdek, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, eskirgan infratuzilmani yangilash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

❗️Asosiy maqsad — Nurafshon shahrida energetik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun ishonchli elektr ta’minotini yaratish.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🤝1
#Uzum_sayli

“Uzum sayli” xalqaro festivaliga 8 kun qoldi!

Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.

Sana: 21-22-avgust kunlari.

📍Joylashuv manzili

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: gaz tarmoqlarida texnik ishlar olib borilmoqda


Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida gaz tarmoqlarida keng ko‘lamli texnik ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “O‘rtasaroy” GTSdan chiquvchi o‘rta va yuqori bosimli gaz quvurlarining zichlikka chidamliligini sinash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, gaz taqsimlash tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida GTNlardan chiquvchi D-76, D-89 va D-159 mm diametrli gaz quvurlaridagi zulfinlarga temir to‘siqlar o‘rnatilmoqda.

Qumariq MFY, Shabnam ko‘chasida joylashgan RDBK-1,25 rusumli o‘rta bosimli gaz taqsimlash qurilmasiga texnik taftish va xizmat ko‘rsatish ishlari ham amalga oshirildi.


Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida gaz ta’minoti tizimining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga tabiiy gazni ishonchli yetkazib berishga qaratilgan.

Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📺 OAV NIGOHIDA: Nurafshon — Yangi O‘zbekistonning zamonaviy yangi shahri

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uzum_sayli

“Uzum sayli” xalqaro festivaliga 7 kun qoldi!

Manzil:Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i.

Sana: 21-22-avgust kunlari.

📍Joylashuv manzili

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM