Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
48.9K photos
4.81K videos
64 files
14.1K links
Download Telegram


Obodonlashtirish — obodlik va farovonlik garovi

Nurafshon shahrida hududlarni obodlashtirish, ko‘chalar va mahallalarni yanada ko‘rkam qiyofaga keltirish maqsadida obodonlashtirish ishlari hamda umumxalq hasharlari izchil tashkil etilmoqda.

Jumladan, Dehqonobod mahallasida aholi tomonidan ko‘chalar, yo‘l yoqalari va tomorqalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.


Hududlar chiqindilardan tozalanib, daraxt va butalar parvarish qilinmoqda, ko‘chalar tartibga keltirilmoqda.

Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda tozalik va obodlikni ta’minlash bilan birga, aholini hamjihatlik va bunyodkorlikka chorlamoqda.

Obod mahalla — farovon hayot garovi! 🌱

Telegram 🌐Instagram
🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon sanoati qahramonlari — yangi maxsus loyiha

🇺🇿 Sarvar Turg‘unov Nurafshon shahrida joylashgan “KRANTAS GROUP” korxonasi bosh loyihachisi.

Qahramonimiz maxsus texnikalarni ishlab chiqarish va yig‘ish jarayonlari, metallni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda yangi turdagi maxsus texnikalarni o‘zlashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar xususida hikoya qiladi.

👷‍♂️ Bugungi kunda “KRANTAS GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🔥1👌1


Ayollar e’zozlangan yurtda qadriyatlar barhayot

💠Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Ayol qadri ulug‘langan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Nodira Djumanova, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahar bo'limi boshlig'i Zulfiya Maqsudova, mahalla xotin-qizlari, “Buvijonlar maktabi” a’zolari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi.

🔘Tadbir davomida yosh avlodni tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, kattalarni e’zozlash, milliy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔘Xususan, xalqimizning qadimiy urf-odatlaridan bo‘lgan “kelin salom”, “o‘sma qo‘yish” va “alla” udumlari amaliy tarzda namoyish etilib, ularning mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati hamda milliy an’analarimizdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.


Tadbirning badiiy qismida kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar ijro etildi. Yoshlarning milliy qadriyatlar, odob-axloq va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatini ifodalovchi chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

✔️Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, onalarning hayotiy tajribasini yosh avlodga yetkazish hamda mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


RASMIY TAYINLOV

Shakirov Ilxom Islamovich Nurafshon shahar qurilish va arxitektura, uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ilxom Shakirov 1992-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2017-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

U mazkur tayinlovga qadar Olmaliq shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👎1


RASMIY TAYINLOV

Xaydarov Azamat Xudayberdiyevich Nurafshon shahar hokimligining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.


Azamat Xaydarov 1979-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2000-yilda Samarqand Oliy harbiy avtomobil muhandislik qo‘mondonlik bilim yurtini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar Olmaliq shahar hokimligi energiya menejeri lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👎1


RASMIY TAYINLOV


Allaev Hasan O‘ktam o‘g‘li Nurafshon shahar hokimligining energiya menejeri lavozimiga tayinlandi.


Hasan Allaev 1998-yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 2023-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi O‘rta Chirchiq tuman bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏3👍2👎1


RASMIY TAYINLOV

Imanov Oloviddin Isomiddin o‘g‘li Nurafshon shahar hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Oloviddin Imanov 1994-yilda Toshkent viloyati Ohangaron shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2020-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar Ohangaron shahar hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4


RASMIY TAYINLOV


Akromov Asrorjon Ilhomjon o‘g‘li Nurafshon shahar hokimligining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Asrorjon Akromov 2000-yilda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — tugallanmagan oliy.

Mazkur tayinlovga qadar Nurafshon shahridagi “Oppoq” MFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


NO COMMENT: Nurafshonda 70 metrlik musiqali favvora ishga tushdi!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👎1🔥1👏1